Jahon

2022-yilning fevral-mart oylarida Rossiya, Eron va Turkiya pandemiya masalasida sammit o‘tkazadi

Sammit Tehronda Ostona formatida o‘tkaziladi.

2022-yilning fevral-mart oylarida Rossiya, Eron va Turkiya  pandemiya masalasida sammit o‘tkazadi

 

Bu haqda Eron tashqi ishlar vazirining maxsus siyosiy masalalar bo‘yicha katta maslahatchisi Ali Asg‘ar Hoji maʼlum qildi.

 

Vazir uni o‘tkazish masalasi Nur-Sultondagi muzokaralar kun tartibida ekanligini va kafil davlatlarning yakuniy bayonotida alohida band sifatida aks ettirilishini taʼkidladi.

 

Bundan tashqari, u Suriya bo‘yicha Ostona formatidagi navbatdagi xalqaro uchrashuv Rossiya Federatsiyasi, Eron va Turkiya sammitidan bir necha hafta o‘tib chaqirilishini maʼlum qilgan.

 

Maʼlumot uchun: 2020-yilning 1-iyul kuni Rossiya, Eron va Turkiya prezidentlari Suriya masalasini hal qilish bo‘yicha virtual sammit o‘tkazdi va epidemik vaziyat imkon berganda Tehronda yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazish istiqbollarini muhokama qilishgandi.

 

Shu bilan birga, noyabr oyida Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi Suriyadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralar doirasida kafil davlatlar — Rossiya, Turkiya va Eron Nur-Sultonda uchrashishi mumkinligini bildirgandi.

 

Tleuberdining qo‘shimcha qilishicha, Nur-Sulton bo‘lajak muzokaralar formati oflayn rejimda o‘tkazilishi mumkinligini ham ochiqlagan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerikada koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha global onlayn sammit bo‘lib o‘tishi hamda “G20” shu yilning oktyabr oyida Italiyada sammit o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Putinga istalgan mamlakatga hujum qilish vakolati berildi

Davlat Dumasi prezidentga rossiyaliklar ta’qibga uchrayotgan mamlakatlarga qo‘shin kiritish vakolatini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.

custom img

Qirg‘izistonda rus tilidagi qishloqlar nomi o‘zgartiriladi — Sadir Japarov

Mazkur jarayonni 2027-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"