Sport

Boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida mamlakat chempionlari aniqlandi

Toshkent shahridagi “Universal” sport saroyida 8 kun boks bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida mamlakat chempionlari aniqlandi

 

Milliy terma jamoamizga munosib nomzodlarni aniqlab bergan ushbu musobaqaga qiziqish har qachongidan yuqori bo‘ldi. Sababi, O‘zbekiston boks federatsiyasi janglarning adolatli va shaffof o‘tishini taʼminlash maqsadida ushbu musobaqaga xorijdan taniqli referilarni ham jalb qildi.

 

Kecha erkaklar o‘rtasida 13 ta vazn toifasida O‘zbekiston chempionatining final janglari o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

 

Unda Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari hamda Serbiyada o‘tkazilgan jahon chempionati ishtirokchilari final janglarida imkoniyatni boy berishdi. Bungacha ham bir qator nomdor bokschilarimiz mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rishgan edi.

 

Quyida erkaklar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatining final janglari qatnashchilari hamda g‘oliblari bilan tanishishingiz mumkin:

 

-48 kg vazn toifasida:

Asilbek Jalilov – Shodiyor Meliqo‘ziyev

 

-51 kg:

Mironshoh Ibragimov – Xo‘janazar Nortojiyev

 

-54 kg:

Dilshod Abduvaliyev – Shahzod Muzaffarov

 

-57 kg:

Shunqor Abdurasulov – Hasanboy Latiboxunov

 

-60 kg:

Xurshidbek Rasuljonov – Faryozbek Hakimov

 

-63,5 kg:

Ruslan Abdullayev – Mujibullo Tursunov

 

-67 kg:

Javlonbek Yo‘ldoshev – Jahongir Rahmonov

 

-71 kg:

Azizbek Tojiyev – Bobousmon Baturov

 

-75 kg:

Saidjamshid Jafarov - Abdulaziz Abdupattayev

 

-81 kg:

Odiljon Aslonov – Dilshod Ro‘zmetov

 

-86 kg:

Timur Marjanov – Jo‘rabek Toshtemirov

 

-92 kg:

Jamshidjon Abdullayev – Javohir Tog‘aymurodov

 

+92 kg:

Jahongir Zokirov – Jamshid Xudoyberganov.

 

Avvalroq Menni Pakyao boksdagi faoliyatini yakunlagani va Kuba boks terma jamoasi yurtimizga yetib kelgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Jamshidbek Amirov

custom img

Meliqo‘ziyev ganalik raqibini texnik nokautga uchratdi

U shu tariqa WBA Continental Americas kamarini himoya qildi va 17-g‘alabasini qayd etdi.

custom img

“Darhol yo‘lga chiq”: Tramp Ronalduni AQSHga chaqirdi

Amerika rahbari Krishtianuni eng buyuk futbolchi deb atadi.

custom img

O‘zbekiston sportchilari qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini medalsiz yakunladi

Mamlakat sharafini short-trekchi Daniil Yeybog va tog‘ chang‘ichisi Medet Nazarov himoya qildi.

custom img

Husanov transferidan keyin O‘zbekiston Manchester City uchun strategik bozorga aylandi

“Manchester Evening News” e’tirofiga ko‘ra, Abduqodir Husanovning Manchester Cityga transferi klub tarixidagi eng kuchli raqamli portlashlardan birini keltirib chiqardi: atigi bir necha hafta ichida O‘zbekiston “Siti”ning eng faol auditoriyasiga aylandi, millionlab muxlislar esa ingliz klubini global trendga olib chiqdi.

custom img

O‘zbekiston vakillari qishki Olimpiadadagi debyut ishtirokini yakunladi

Short-trekda Daniil Eybog 14-o‘rinni egalladi, tog‘ chang‘isida Medet Nazarov gigant-slalomda 50-pog‘onadan joy oldi.

custom img

FIDE Freestyle Jahon chempionati: Abdusattorov va Sindarov 4-turda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeysterlar Hans Niemann va Arjun Erigaisiga imkoniyatni boy berdi, keyingi turda esa ular o‘zaro bahs olib boradi.

custom img

"Al Nasr" Ronalduga vaziyatni barqarorlashtirishga va’da berdi

Klub rahbari iste’foga chiqarilishi mumkin.

custom img

Saudiya klublari Mohamed Salahni Ronalduning o'rniga tayyorlamoqda

Ronalduning yaqin orada ligani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida, Saudiya “Liverpool” yulduzining haftalik maoshini uch baravar oshirishni taklif qilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"