Jahon

Pentagon: Kobuldagi uyga havo hujumi uyushtirgan askarlar jazolanmaydi

"The New York Times" gazetasi Pentagon rasmiysiga tayanib, Kobuldagi tinch aholi uyiga aviazarba bergani uchun hech bir amerikalik harbiy jazolanmasligi haqida xabar berdi.

Pentagon: Kobuldagi uyga havo hujumi uyushtirgan askarlar jazolanmaydi

 

AQSH rasmiysining aytishicha, Mudofaa vaziri Lloyd Ostin AQSHning ikki harbiy qo‘mondoni tavsiyalaridan so‘ng shunday qarorga kelgan.

 

Maʼlumot uchun, AQSH qo‘shinlari 25 sentyabr kuni Kobul xalqaro aeroporti yaqinidagi tinch aholi uyiga havo hujumi uyushtirgan va unda yetti nafar bola va yana o‘nlab tinch aholi vakillari halok bo‘lgan.

 

O‘sha paytda Qo‘shma Shtatlar dunyohamjamiyatiga ISHID boshpanasiga hujum qilganini aytgan edi. Biroq manbaning yozishicha, keyinchalik AQSH hukumati hujum qurbonlari tinch aholi ekanligi tan olgan.

 

AQSH Mudofaa vazirligi qurbonlarning aybi yo‘qligini ham tasdiqlagan va sodir etilgan holatni “qayg‘uli fojia” deb atagan.

 

Avvalroq Pentagon Afg‘onistondagi vaziyatni baholagani hamda Baydenning maslahatchisi AQSH nima uchun Afg‘onistonni tark etganini maʼlum qilgani haqida xabar berilgandi

 

Olamgir Abdiyev

custom img

Putinga istalgan mamlakatga hujum qilish vakolati berildi

Davlat Dumasi prezidentga rossiyaliklar ta’qibga uchrayotgan mamlakatlarga qo‘shin kiritish vakolatini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.

custom img

Qirg‘izistonda rus tilidagi qishloqlar nomi o‘zgartiriladi — Sadir Japarov

Mazkur jarayonni 2027-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"