Jahon

AQSh–Eron muzokaralarining yangi bosqichi 21-aprelgacha o'tkazilishi mumkin

Vositachilar muzokaralar sulh muddati tugashidan oldin o‘tkazilishini rejalashtirmoqda.

AQSh–Eron muzokaralarining yangi bosqichi 21-aprelgacha o'tkazilishi mumkin

 

Yaqin Sharqdagi vositachi davlatlar — Misr, Pokiston va Turkiya — AQSh hamda Eron o‘rtasidagi muzokaralarning yangi bosqichini tashkil etishni rejalashtirmoqda.

 

Axios nashri xabariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida muloqotni davom ettirish va mavjud kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha sa’y-harakatlar kuchaytirilmoqda.

 

Manbalarga ko‘ra, navbatdagi muzokaralar yaqin kunlarda o‘tkazilishi kutilmoqda. Asosiy maqsad — amaldagi sulh bitimi muddati yakunlanadigan 21-aprelga qadar muhim masalalar yuzasidan kelishuvga erishishdir.

 

Ta’kidlanishicha, hozirgi vaziyat to‘liq boshi berk ko‘chaga kirib qolmagan. Muloqot eshigi ochiq qolmoqda va har ikki tomon ham muzokaralarni davom ettirishga tayyor ekanini namoyon etmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 11–12-aprel kunlari Islomobod shahrida o‘tkazilgan AQSh–Eron muzokaralari kelishuvsiz yakunlangan edi.

custom img

Rossiya Xitoyga energetika sohasida yordam berishga tayyor — Rossiya TIV

Sergey Lavrov ikki davlat tashqi bosimlardan mustaqil ravishda energetika sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniga egaligini bildirdi.

custom img

AQSh Rossiya neftiga qarshi sanksiyalarni qayta tikladi

Yaqin Sharqdagi urush fonida Rossiya nefti savdosiga vaqtinchalik ruxsat berilgan. Mazkur yengillik 11-apreldan o‘z kuchini yo‘qotgan.

custom img

Putinga istalgan mamlakatga hujum qilish vakolati berildi

Davlat Dumasi prezidentga rossiyaliklar ta’qibga uchrayotgan mamlakatlarga qo‘shin kiritish vakolatini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.

custom img

Qirg‘izistonda rus tilidagi qishloqlar nomi o‘zgartiriladi — Sadir Japarov

Mazkur jarayonni 2027-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"