Jahon

Hormuz bo‘g‘ozida AQSh harbiy kemalari harakati kuzatildi

Operatsiyadan asosiy maqsad minalarni zararsizlantirish va muhim energetik yo‘lakni tiklash ekani qayd etilgan.

Hormuz bo‘g‘ozida AQSh harbiy kemalari harakati kuzatildi

AQSh harbiy-dengiz kuchlariga tegishli bir nechta kemalar Hormuz bo‘g‘ozi orqali harakatlangan. Bu haqda Axios AQShning yuqori lavozimli amaldoriga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, bu holat mintaqadagi mojaro boshlanganidan buyon AQSh harbiy kemalarining ilk bor bo‘g‘ozni kesib o‘tishi hisoblanadi. Qayd etilishicha, ushbu harakat Eron tomoni bilan oldindan muvofiqlashtirilmagan.

 

Fars axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, AQShga tegishli esmines Fujayra portidan yo‘lga chiqib, Hormuz bo‘g‘ozi tomon harakatlangan. Agentlik ushbu vaziyatni avvalroq Eron tomoni tomonidan ehtimoliy sulh buzilishi sifatida baholangan holatlar bilan bog‘lagan.

 

Shuningdek, Eron tomoni kemaning harakati kuzatuvga olinganini va bu haqda muzokaralarda ishtirok etayotgan delegatsiyaga ma’lumot berilganini bildirgan. Ayrim xabarlarga ko‘ra, agar harbiy kema harakatni davom ettirganida, u qisqa vaqt ichida nishonga olinishi mumkinligi haqida ogohlantirish berilgan.

 

Keyinchalik Eron tomoni ogohlantirishlaridan so‘ng kema harakatini to‘xtatgani haqida ma’lumotlar tarqalgan.

 

Bundan tashqari, ayrim manbalarda AQSh harbiy kemalari, jumladan “Frank E. Petersen” va “Michael Murphy” kabi kemalar bo‘g‘oz orqali Fors ko‘rfaziga kirgani, asosiy maqsad esa dengiz minalarini zararsizlantirish va muhim energetik yo‘lakni tiklash ekani qayd etilgan. 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"