Jahon

Kelishuv bo‘lmasa, Eronga hujumlar qayta boshlanishi mumkin — Tramp

Vashington harbiy salohiyatni kuchaytirayotganini ma’lum qildi.

Kelishuv bo‘lmasa, Eronga hujumlar qayta boshlanishi mumkin — Tramp

 

Donald Tramp AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan taqdirda, Vashington Tehronga qarshi harbiy harakatlarni qayta boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.

 

AQSh rahbari bu haqda New York Post nashriga bergan intervyusida bayon qilib, mamlakat harbiy salohiyati yanada kuchaytirilayotganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh harbiy kuchlari eng zamonaviy qurol-aslaha bilan ta’minlanmoqda va zarurat tug‘ilganda ulardan samarali foydalanishga tayyor.

 

Ma’lum qilinishicha, AQSh va Eron delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralar 11-aprel kuni Islomobod shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00 dan keyin boshlanishi ma'lum qilingan.

 

Amerika delegatsiyasiga J. D. Vens boshchilik qilmoqda. Uning tarkibiga AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda Jared Kushner kirgan. Delegatsiya Islomobodga AQSh harbiy-havo kuchlariga qarashli samolyotlarda yetib kelgan.

 

Eron delegatsiyasiga esa parlament raisi Muhammad Bagir G'olibaf va tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi boshchilik qilmoqda.

 

Mazkur muzokaralar mintaqadagi keskinlikni yumshatish va tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishish yo‘lidagi muhim bosqich sifatida baholanmoqda.

custom img

Rossiya va Ukraina o‘rtasida 175 nafardan harbiy asir almashildi

Jarayonda BAA vositachi sifatida ishtirok etdi.

custom img

Mojtabo Xomanaiy og‘ir jarohatlardan so‘ng davolanishni davom ettirmoqda — Reuters

Manbalar uning aqliy holati barqaror ekanini va ish faoliyatini davom ettirayotganini bildirgan.

custom img

Jo Baydenning o'g'li qarzlari tufayli AQSHdan qochib ketti

Hanter Bayden advokatlar oldidagi 50 ming dollardan ortiq qarzdorlikni to‘lamagan.

custom img

Turkiyada Netanyahuga 4596 yilgacha qamoq jazosi berilishi so‘ralmoqda

Isroilning yuqori martabali amaldorlari genotsid, erkinlikdan mahrum qilish va boshqa qator og‘ir jinoyatlarda ayblanmoqda.

custom img

Eron minalar sabab Hormuz bo‘g‘ozini to‘liq ocholmayapti — The New York Times

Bo‘g‘ozda ko‘plab minalar koordinatalari qayd etilmasdan o‘rnatilgani aytilmoqda.

custom img

Janubiy Koreya Prezidenti va Isroil o‘rtasida diplomatik nizo yuzaga keldi

Janubiy Koreya prezidenti falastinlik bola isroillik askarlar tomonidan qiynoqqa solinib, tomdan tashlangani aks etgan videoni ulashib, Isroilni insoniylikka zid harakatlarda aybladi.

custom img

Rossiyada Telegram to‘liq bloklandi

So‘nggi 24 soat ichida Telegramdagi nosozliklar yuzasidan foydalanuvchilardan 2,6 mingta shikoyat kelib tushgan.

custom img

NASA'ning “Artemis II” missiyasi astronavtlari Yerga muvaffaqiyatli qo‘ndi

Qo‘nish jarayonida tashqi harorat 2 760 darajagacha ko‘tarilib, bu qisqa muddatli aloqa uzilishiga sabab bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"