Jahon

Eron va AQSH kelishuvga erisha olmadi

Amerika delegatsiyasi Islomobodni tark etdi.

Eron va AQSH kelishuvga erisha olmadi

Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bag‘ayining ma’lum qilishicha, Eron va AQSh o‘rtasida Islomobod shahrida o‘tkazilgan muzokaralar yakunida ayrim masalalar bo‘yicha kelishuvga erishilgan bo‘lsa-da, ikki yoki uchta muhim yo‘nalishda qarashlar keskin farq qilgani sababli umumiy kelishuvga erishilmagan.

 

Tasnim axborot agentligi keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar muzokaralar davomida bir qator masalalar yuzasidan o‘zaro yaqinlashuvga erishgan. Biroq asosiy masalalar bo‘yicha pozitsiyalar mos kelmagani muzokaralarning yakuniy natijasiga ta’sir ko‘rsatgan.

 

Ismoil Bag‘ayi muzokaralar “ishonchsizlik muhiti”da o‘tganini ta’kidlab, bunday sharoitda tezkor kelishuvga erishish kutilmaganini qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi tafovutlar chuqur bo‘lib qolmoqda.

 

J.D. Vens ham Eron va AQSh delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralar kelishuvsiz yakunlanganini ma’lum qilgan. Unga ko‘ra, Amerika delegatsiyasi muzokaralardan so‘ng hech qanday bitimga erishmasdan mamlakatga qaytgan.

"Biz kelishuvga erisha olmadik. Bu yomon xabar, Amerikadan ko‘ra Eron uchun ko‘proq. Shuning uchun biz kelishuvga erishmasdan AQSHga qaytamiz. Ular bizning shartlarimizni qabul qilmadi" deya ta’kidlagan u.

 

Tasnim agentligi ham Islomoboddagi muzokaralar yakunida tomonlar o‘rtasida kelishuv imzolanmaganini tasdiqlagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"