O'zbekiston

“Media haftalik”ning yana bir bosqichi Xorazmda yakunlandi

Dastur davomida ishtirokchilar media sohasiga oid nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko‘nikmalarni ham egalladi.

“Media haftalik”ning yana bir bosqichi Xorazmda yakunlandi

Xorazm viloyatida joriy hafta davomida “Media haftalik” loyihasi doirasida yoshlar uchun amaliy va interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etildi. Tadbir Yoshlar markazida bo‘lib o‘tdi.

 

 

Dastur davomida ishtirokchilar media sohasiga oid nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko‘nikmalarni ham egalladi. Xususan, ayrim yoshlar ilk bor kamera bilan ishlashni o‘rgangan bo‘lsa, boshqalar kontent yaratish va auditoriya bilan muloqot qilish uslublarini butunlay o‘zgartirdi.

 

 

Tashkilotchilar ta’kidlashicha, loyiha nafaqat o‘quv jarayoni, balki zamonaviy media muhitda fikrlash va ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Unda kontent yaratishning mas’uliyati va jamiyatga ta’siri masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

 

Ma’lum qilinishicha, “Media haftalik” loyihasi keyingi bosqichda Surxondaryo viloyatida davom ettiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"