Tashiyev ketdi, lekin bu fojia emas! – Japarov
Qirg‘iziston ayrim fuqarolarning xavotiriga munosabat bildirdi.

Qirg‘iziston prezidenti Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev bilan oralarida chiqqan nizoga doir ayrim fuqarolarning xavotiriga munosabat bildirdi. U bu haqda “Kabar” milliy axborot agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Tashiyev ketdi, lekin buni fojia darajasiga ko‘tarishning hojati yo‘q. Oldingisidan ham yaxshiroq bo‘ladi. Hayot to‘xtamaydi. Agar bir do‘stim ketib qolgan bo‘lsa, mening ortimda 7 milliondan ortiq do‘stim bor. Men uchun eng qadrli narsa – xalqimiz va aziz davlatimiz”, — dedi prezident.
Shuningdek, Japarov Qirg‘iziston xalqi tinchligini buzgan har qanday shaxs jiddiy jazoga tortilishini alohida taʼkidladi.






