O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi

Telefon orqali muloqotda prezidentlar muqaddas Ramazon oyi bilan ham bir-birlarini qutlagan.

Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-fevral kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.

 

Davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisiga mustahkam sog‘lik va farovonlik, davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, qardosh turk xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

 

Prezidentlar, shuningdek, butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyi bilan bir-birlarini dildan qutladilar.

 

O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini joriy yil yanvar oyida Anqara shahrida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Davlatlararo hamkorlikda yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishining natijalari ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘targani ta’kidlandi.

 

Ishlab chiqilgan "yo‘l xaritalari" asosida kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

 

Yetakchilar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar, bo‘lajak tadbirlar rejasini muhokama qildilar.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi

Telefon orqali muloqotda prezidentlar muqaddas Ramazon oyi bilan ham bir-birlarini qutlagan.

custom img

Tashiyev ketdi, lekin bu fojia emas! – Japarov

Qirg‘iziston ayrim fuqarolarning xavotiriga munosabat bildirdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryodagi harbiy qismga bordi

Prezident tashrif davomida harbiy texnika va qurol-aslahalarni, shu jumladan, zamonaviy havo hujumidan mudofaa komplekslarini koʻzdan kechirgan.

custom img

Prezident Surxondaryoda 7,1 mlrd dollarlik yangi loyihalarni boshlab berdi

Viloyatga tashrif davomida davlat rahbari investorlar bilan ham suhbatlashdi.

custom img

Toshkentda 10-sinf bola YPX xodimini urib yubordi

Inspektor tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoda sumalak saylida ishtirok etdi

Davlat rahbari Jarqo‘rg‘on tumanida bunyod etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massiviga tashrif buyurib, hududda amalga oshirilayotgan qurilish va ijtimoiy infratuzilma loyihalari bilan tanishdi.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada tok urgan 6 yoshli bola ishi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

O'zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash” mavzusida ilmiy- amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Tadbirning asosiy maqsadi jamoatchilik ongi va iqtisodiy subyektlar ongida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan tahdid va xavf-xatarlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashda samarali muhitni shakllantirishga qaratilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"