Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi
Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2025 yil 21 iyundagi ijro varaqasiga asosan undiruvchi Kapitalbank foydasiga 13 189 301 so‘m miqdoridagi qarzdorlikni undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Narpay tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, ijro ishi qo‘zg‘atildi.
Qarzdor Yu.A.ga ixtiyoriy muddat berilgani va bir necha bor ogohlantirishlar yuborilganiga qaramasdan, qarzdorlik belgilangan muddatda qoplanmagan.
Ijro harakatlari davomida garov mulki sifatida rasmiylashtirilgan “Chevrolet Damas” rusumli avtotransport vositasiga qidiruv eʼlon qilindi. Qidiruv tadbirlari natijasida mazkur transport vositasi qo‘shni mahallada joylashgan fuqaroning omborxonasidan aniqlandi.
Aniqlangan avtotransport vositasi belgilangan tartibda xatlanib, jarima maydoniga joylashtirildi. Ayni paytda ijro harakatlari davom ettirilmoqda.







