O'zbekiston

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

 

Farg‘ona viloyati IIV Tergov departamenti xabariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida sodir bo‘lgan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Farg‘ona viloyati IIB 2-mintaqaviy hudud Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi Jinoyat kodeksi 259-moddasi 2-qismi “a” bandi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan qo‘zg‘atilib, Tergov departamenti nazoratiga olingan.

 

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ramazon Ashropov boshchiligida hodisa joyida tergov-tezkor guruhi tuzilib, mas’ul xodimlarga hodisa joyini Jinoyat-protsessual kodeksi talablariga muvofiq hujjatlashtirish, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan narsa va buyumlarni olish, guvohlardan batafsil ko‘rsatmalar olish, hodisaning kelib chiqish sabablarini aniqlash va boshqa zarur tergov harakatlarini amalga oshirish topshiriqlari berildi.

 

Avvalroq, 25-fevral kuni Qo‘qon shahridagi “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida portlash sodir bo‘lgani, baxtsiz hodisa natijasida bir fuqaro beton qoplama ostida qolib, voqea joyida vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Boshqa shaxslarning jarohat olgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. Hodisa oqibatida bir nechta xonadonlarga zarar yetgan.

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

custom img

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 30 million so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy tayyorgarlik va Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan axborot taqdim etildi.

custom img

Sobiq IIV o‘rinbosari Bеkmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

U davlatga yetkazilgan 200 mlrd so‘m zarar to‘liq qoplangach qamoq ehtiyot chorasi garov evaziga o‘zgartirilgan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

2030-yilgacha kommunal infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"