Siyosat

Oʻzbekistonning AQSh bilan savdo hajmi 1 mlrd dollardan oshdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Vashingtonga tashrifi doirasida AQSh savdo vaziri va yetakchi moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Oʻzbekistonning AQSh bilan savdo hajmi 1 mlrd dollardan oshdi

 

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga amaliy tashrifi doirasidagi uchrashuvlar AQSh savdo vaziri Xovard Latnik bilan muzokaralardan boshlandi. Uchrashuvda Oʻzbekiston–AQSh strategik sherikligini yanada mustahkamlashning amaliy jihatlari, shuningdek, ustuvor yoʻnalishlarda qoʻshma kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

 

Tomonlar Qoʻshma Shtatlar Oʻzbekistonning muhim savdo-iqtisodiy sheriklaridan biri ekanini alohida qayd etdilar. Soʻnggi yillarda oʻzaro savdo hajmi 1 milliard dollardan oshgani, mamlakatimiz bozorida AQShning qariyb 340 ta kompaniyasi faoliyat yuritayotgani taʼkidlandi. Energetika, strategik ahamiyatga ega minerallar, transport, qishloq xoʻjaligi, axborot texnologiyalari va boshqa sohalarda yirik qoʻshma loyihalar izchil amalga oshirilmoqda.

 

Muzokaralarda qiymati 35 milliard dollarga teng uch yillik Iqtisodiy hamkorlik dasturining samarali ijrosi muhim ekani qayd etildi. Shuningdek, ishbilarmonlik tadbirlari doirasida bir qator muhim kelishuvlar imzolanishi kutilayotgani bildirildi. Ustuvor loyihalarni tizimli qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan Ishbilarmonlik kengashi imkoniyatlaridan keng foydalanish va Investitsiya platformasini ishga tushirish zarurligi alohida taʼkidlandi. Savdo munosabatlarini kengaytirish hamda Oʻzbekiston hududlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish masalalariga ham eʼtibor qaratildi.

 

Tashrif doirasida davlat rahbari AQSh moliya institutlari rahbarlari bilan ham uchrashuv oʻtkazdi. Xususan, AQSh Eksport-import banki prezidenti va raisi Jon Yovanovich hamda Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh ijrochi direktori Ben Blek bilan muzokaralarda savdo-investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi. Oʻtgan yili AQSh prezidenti Donald Tramp bilan boʻlib oʻtgan muzokaralar ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarga qoʻshimcha turtki bergani taʼkidlandi.

 

Eksimbank bilan hamkorlik doirasida yirik sanoat va infratuzilmaviy loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirish, yuqori texnologiyali uskunalar yetkazib berishni qoʻllab-quvvatlash ustuvor yoʻnalishlar sifatida belgilandi. DFC rahbariyati bilan suhbatda investitsiyaviy hamkorlik mexanizmlarini mustahkamlash, moliya bozori va energetika tarmogʻini rivojlantirishga qaratilgan yirik milliy hamda mintaqaviy loyihalarda korporatsiya ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, Oʻzbekiston tomoni AQSh ishbilarmon doiralarini Toshkent xalqaro investitsiya forumida faol ishtirok etishga taklif etdi. Uchrashuvlar yakunida davlat rahbari huzurida Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasida Investitsiya platformasini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim almashildi.

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"