Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan AQSHga boradi

Tashrif doirasida davlat rahbari Vashington shahrida boʻlib oʻtadigan Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan AQSHga boradi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Donald Tramp taklifiga binoan 17–19-fevral kunlari Amerika Qoʻshma Shtatlariga amaliy tashrif bilan boradi. Tashrif doirasida davlat rahbari Vashington shahrida boʻlib oʻtadigan Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etadi.

 

Sammit United States Institute of Peaceda oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, unda Gʻazo sektorini tiklash, gumanitar yordam koʻrsatish, mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʼminlash masalalari muhokama qilinadi.

 

Tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida Oʻzbekiston yetakchisi AQShning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari ishtirokida strategik loyihalar taqdimotida qatnashadi hamda iqtisodiy hamkorlikka oid ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, Tinchlik kengashi AQSh Prezidenti Donald Trampning tashabbusi bilan tashkil etilgan. Oʻzbekiston joriy yil yanvar oyida Shveytsariyaning Davos shahrida unga taʼsischi davlat sifatida qoʻshildi.

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"