Sport

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti saylovi sanasi qachon bo'lishi ma'lum qilindi

XOQ matbuot xizmati nomzodlar ro‘yxatini ham e’lon qildi.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti saylovi sanasi qachon bo'lishi ma'lum qilindi

 

2025-yilning 20-mart kuni Gretsiyada Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti saylovi o‘tkaziladi. Jahondagi eng yirik sport tashkiloti rahbarligi uchun yetti nomzod o‘rtasida kurash kechadi. XOQ matbuot xizmati nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi:

 

  • Sebastyan Kou (World Athletics rahbari);

  • Xuan Antonio Samaranch-kichik (XOQ vise-prezidenti);

  • David Laparten (Xalqaro velosipedchilar ittifoqi rahbari);

  • Faysal ibn Husayn (Iordaniya shahzodasi, XOQ ijroqo‘mi a’zosi);

  • Kirsti Koventri (XOQ ijroqo‘mi a’zosi, suzish bo‘yicha ikki karra olimpiya chempioni);

  • Yohan Eliash (Xalqaro chang‘i sporti federatsiyasi rahbari);

  • Morinari Vatanabe (Xalqaro gimnastika federatsiyasi rahbari).

 

Yuqoridagi nomzodlar Gresiyada 18–21 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan Xalqaro olimpiya qo‘mitasining 114-sessiyasi doirasidagi saylovda prezidentlik uchun kurashadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"