Sport

“Shaharliklar” yetakchi, ro‘yxatdan tushirilgan “PSJ” va chempionlikka yangi nomzod

Superkompyuter klublarning Chempionlar ligasidagi imkoniyatlarini baholadi.

“Shaharliklar” yetakchi, ro‘yxatdan tushirilgan “PSJ”  va chempionlikka yangi nomzod

 

Chempionlar ligasining yangi mavsumi bugundan start oladi. Musobaqa boshlanishidan avval "Opta" superkompyuteri g‘alaba uchun asosiy da’vogarlar nomini e'lon qildi.

 

6-o'rin - "Barselona"

 

Kataloniyaliklarning g'alaba qozonish ehtimoli 5,2% va finalga chiqish ehtimoli 11,8%. Yarim finalga chiqish imkoniyati esa 25,4 foizni tashkil etdi.

 

5-o'rin - "Bayer"

 

Leverkuzen klubi chempionlik uchun 5,4% va finalga chiqish imkoniyati 11,1%. Yarim finalda ishtirok etish ehtimoli 23,9%, chorak finalda qatnashishi esa 44,4% ga baholangan.

 

4-o'rin - "Arsenal"

 

"Kanonirlar"ning kubokni qo'lga kiritish imkoniyati 6,3% va finalda o'ynash imkoniyati 13,2%. Yarim final uchun 25,3%, chorak final uchun esa 46,2% imkoniyatga ega.

 

3-o‘rin – “Inter”

 

"Neradzurrilar"ning musobaqada g‘alaba qozonish imkoniyati 10,9%, final o‘yiniga yo‘llanma olish imkoniyati esa 21,2%. Yarim finalga chiqish ehtimoli 36,7%, chorak finalga chiqish ko'rsatkichi esa 58,6%ni tashkil etdi.

 

2-o'rin - "Real Madrid"

 

Madridliklar chempionlikni qo'lga kiritish uchun 18,2% va finalda o'ynash uchun 31,6% imkoniyatga ega deb topildi. Yarim finalga chiqish imkoniyati 48,9 foiz, chorak finalda esa 69,8 foiz ekani ma'lum qilindi.

 

1-o'rin - "Man Siti"

 

“Shaharliklar”ning g‘alaba qozonish imkoniyati 25,3%, finalga chiqish imkoniyati esa 39,9%. Yarim finalda o'ynash ehtimoli 55% ekani qayd etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"