Sport

Sirdaryolik Paralimpiya o'yinlari sovrindori tantanali kutib olindi

Sportchi markaziy ko‘chalar bo‘ylab kortejda harakatlanib, olqishlar ostida kuzatib borildi

Sirdaryolik Paralimpiya o'yinlari sovrindori tantanali kutib olindi

 

Parijda bo‘lib o‘tgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida para o‘q otish bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritgan Server Ibragimov Sirdaryoda tantanali ravishda kutib olindi. Sportchi Guliston shahri markaziy ko‘chalari bo‘ylab kortejda harakatlanib, minglab sport muxlislari va vatandoshlarimiz olqishlari ostida kuzatib borildi.

 

"Yurt bayrog‘i" maydonida keng jamoatchilik vakillari ishtirokida tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev so‘zga chiqib, Server Ibragimovni ushbu muvofaqqiyat bilan tabrikladi. U kabi matonat egalari yosh avlod vakillariga namuna ekanliklari bildirildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"