Jahon

Eronda prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Yakuniy ro‘yxat 11-iyun kuni e’lon qilinadi.

Eronda prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi

 

Bugun Eronda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari uchun nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi. Prezident Ibrohim Raisi aviahalokatda vafot etgani sababli saylovlar muddatidan oldin o‘tkaziladi.

 

Xabarlarga ko'ra, barcha nomzodlar taqdim etilganidan keyin Konstitutsiya qo‘riqchilari kengashi ularni ko‘rib chiqadi va prezidentlik uchun kurashadigan shaxslar ro‘yxatini tasdiqlaydi. Yakuniy ro‘yxat 11-iyun kuni e’lon qilinadi.

 

Saylovoldi tashviqoti 27- iyunda tugaydi, ovoz berish 28-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Agar birinchi bosqichda hech kim g‘alaba qozona olmasa, ikkinchi davra roppa-rosa bir haftadan keyin o'tkaziladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"