O'zbekiston

Ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratilmoqda

Prezidentning "Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.

Ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratilmoqda

 

Prezident farmoni bilan 2024/2025 o‘quv yili qabulidan boshlab:

  • davlat buyurtmasi parametrlarini davlat OTMlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi, bundan oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari mustasno;

  • davlat buyurtmasi bo‘yicha kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi;

  • davlat OTMlari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshiruvchi oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruxsat etiladi;

  • davlat granti kvotalarining oliy ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarning tanlovi va to‘plagan ballariga ko‘ra amalga oshiriladi;

  • oliy ta’lim tashkilotlari talabalariga davlat grantini ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant va ta’lim granti shaklida ajratiladi;

  • bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi.

Farmon bilan:

  • ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;

  • ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;

  • ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi;

  • ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi;

  • ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.

custom img

Farrux Zokirov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

“Yalla” ansambli rahbari O‘zbekiston madaniyatini rivojlantirishdagi xizmatlari hamda tavalludining 80 yilligi munosabati bilan taqdirlandi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidentini “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

Shuningdek, O'zbekiston Prezidentiga mamlakatda taekvondoni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Butunjahon taekvondo federatsiyasining oliy mukofoti — “Shon-sharaf ordeni” topshirildi.

custom img

Toshkentdagi musiqa va san'at maktabiga Farrux Zokirov nomi beriladi

Maktabda “Yalla” nomidagi bolalar ansambli tashkil etiladi.

custom img

“Qahramonimizsan, shuni bilgin”: Mirziyoyev Sindarovni tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi

Prezident yosh grossmeysterga bo‘lajak o‘yinlarda yanada ulkan omad, kuch-g‘ayrat va yangi zafarlar tiladi.

custom img

O‘zbek san’ati og‘ir judolikka uchradi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dono Boboxanova 80 yoshda vafot etdi.

custom img

Toshkentda metro poyezdi eshiklari ochiq holda harakatlandi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkent viloyatida sintetik giyohvand modda saqlagan bank xodimlari ushlandi

Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan sintetik narkotik moddalar tarqalishining oldi olindi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"