O'zbekiston

UzAuto Motors "Cobalt" modelini yangilamoqda

Uni ishlab chiqarish uchun qancha mablag' sarflanishi ma'lum qilindi.

UzAuto Motors "Cobalt" modelini yangilamoqda

 

UzAutoMotors "Cobalt" avtomobili modelini yangilash va ishlab chiqarish uchun 2024 – 2026-yillarda 67,4 million dollar sarflaydi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-fevraldagi qarorida maʼlum qilingan.

 

Fevralda O‘zbekistonda 2024-yil I choragiga mo‘ljallangan investitsiya dasturiga doir hukumat qarori qabul qilingandi. Hujjatda mamlakat iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida batafsil axborot berilgan. Qarorda “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan jami qiymati 948,3 million dollarlik loyihalar (6,5 million dollarlik o‘z mablag‘lari) amalga oshirilishi belgilangan. Shundan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar miqdori 37,2 million dollarni tashkil etadi.

 

Qayd etilishicha, joriy yil 1-yanvar holatiga mazkur mablag‘lardan o‘zlashtiriladigan miqdori 310,1 million dollar qolgan. Yanvar–mart oylarida o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan mablag‘lar esa 43,7 million dollar bo‘lishi prognoz qilingan. Kompaniya loyihalari orasida "Chevrolet Cobalt" modelini yangilash ("Cobalt" MCM) va ishlab chiqarishni tashkil etish masalasi alohida o‘rin olgan. Unga ko‘ra, loyihaning 2024 – 2026-yillarda amalga oshiriladigan qismi uchun 67,4 million dollar sarflanishi va 150 ming dona "Cobalt" ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur mablag‘lardan 3,8 million dollarini to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar tashkil etadi. Loyihaning umumiy mablag‘idan 2024-yil I chorakda o‘zlashtiriladigan miqdori 3,8 million dollar bo‘lishi belgilangan.

 

Qarorga ko‘ra, “O‘zavtosanoat” Jizzax shahrida qiymati 122,6 million dollarlik Xitoyning BYD kompaniyasi elektromobil va gibrid avtomobillarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirmoqda. Shundan 4 million dollari “O‘zavtosanoat”ning o‘z mablag‘lari, 17,6 million dollari to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobidan qoplanishi belgilangan. Loyiha doirasida 2023—2024-yillarda 50 ming dona BYD ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Bunda joriy yil 1-yanvar holatiga o‘zlashtirilmagan mablag‘lar 89 million dollar. 2024-yil I chorakda 21,6 mln dollar o‘zlashtirish prognoz qilingan.

 

“O‘zavtosanoat” amalga oshirishi ko‘rsatilgan loyihalar ichida ishlab chiqarish hajmi va quvvatlarini oshirish, yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarishni tashkil etish masalalari ham o‘rin olgan.

custom img

Farrux Zokirov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

“Yalla” ansambli rahbari O‘zbekiston madaniyatini rivojlantirishdagi xizmatlari hamda tavalludining 80 yilligi munosabati bilan taqdirlandi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidentini “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

Shuningdek, O'zbekiston Prezidentiga mamlakatda taekvondoni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Butunjahon taekvondo federatsiyasining oliy mukofoti — “Shon-sharaf ordeni” topshirildi.

custom img

Toshkentdagi musiqa va san'at maktabiga Farrux Zokirov nomi beriladi

Maktabda “Yalla” nomidagi bolalar ansambli tashkil etiladi.

custom img

“Qahramonimizsan, shuni bilgin”: Mirziyoyev Sindarovni tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi

Prezident yosh grossmeysterga bo‘lajak o‘yinlarda yanada ulkan omad, kuch-g‘ayrat va yangi zafarlar tiladi.

custom img

O‘zbek san’ati og‘ir judolikka uchradi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dono Boboxanova 80 yoshda vafot etdi.

custom img

Toshkentda metro poyezdi eshiklari ochiq holda harakatlandi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkent viloyatida sintetik giyohvand modda saqlagan bank xodimlari ushlandi

Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan sintetik narkotik moddalar tarqalishining oldi olindi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"