Sport

"Hozir Yaponiyadek jamoalar darajasida emasmiz"

Gundo‘g‘an Germaniyaning kechagi mag'lubiyati haqida gapirdi.

"Hozir Yaponiyadek jamoalar darajasida emasmiz"

 

Ilkay Gundo‘g‘an Yaponiyadan (1:4) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Germaniya milliy jamoasining darajasi haqida fikr bildirdi.

 

"Buni qabul qilish juda qiyin. Yagona yorqin lahza — biz kerakli tezlikda o‘ynab, urgan golimiz bo‘ldi. Lekin afsus bilan tan olish kerakki, Yaponiya himoyada ham, hujumda ham bizdan ustun edi. Biz bunday jamoalar bilan bir xil darajada emasmiz. Hozircha yaxshi emasmiz, bu — haqiqat. Ishonch yo‘q, qachon qaror qabul qilish kerakligini tushunish yo‘q va bunday natijalar, albatta, yordam bermaydi. Biz hamma o‘zi bilan kurashayotganini his qilyapmiz va shu sabab jamoada to‘g‘ri muhit yaratishimiz kerak", — dedi futbolchi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"