O'zbekiston

Shaharsozlik sohasidagi ayrim mutaxassislarni sertifikatlash tizimi joriy etiladi

Prezident tegishli farmonni imzoladi.

Shaharsozlik sohasidagi ayrim mutaxassislarni sertifikatlash tizimi joriy etiladi

Prezidentning "Maʼmuriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Hujjatga ko‘ra, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari Toshkent shahri hokimligi bo‘ysunuvidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bo‘ysunuviga o‘tkazilib, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi va tumanlar bo‘limlariga aylantiriladi.

Shuningdek, qurilish faoliyati subyektlarining (buyurtmachi, loyihachi, pudratchi bo‘yicha) majburiy tartibdagi nazorat tadbirlari "Shaffof qurilish" milliy axborot tizimining "Qurilishda davlat nazorati" elektron platformasida amalga oshiriladi. Qaror bilan shaharsozlik sohasidagi quyidagi toifa mutaxassislarni 2023-yil 1-oktyabrdan ularning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha har 3 yilda bir marta sertifikatlash tizimi joriy etiladi:

    • loyiha boshqaruvini va texnik nazoratni, shu jumladan yo‘nalishlar bo‘yicha nazoratni olib boruvchi mutaxassislar;

    • loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini olib boruvchi mutaxassislar, shuningdek, loyiha bosh muhandislari va bosh arxitektorlari;

    • pudrat tashkilotlarining ichki nazoratini amalga oshiruvchi mutaxassislar.

Shuningdek, 2024-yil 1-yanvardan:

    • nazorat o‘lchovini amalga oshiruvchi mutaxassislar;

    • ekspert tashkilotlari ekspertlari;

    • ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari rahbarlari.

Shu bilan birga, 2024-yil 1-apreldan:

    • tuman (shahar) va viloyat arxitektorlari;

    • qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari inspektorlari.

Bunda, mutaxassislarni sertifikatlash ishlarini tashkil etish bo‘yicha ishchi organ funksiyasi Vazirlik huzurida tashkil etilayotgan Kompetensiyani rivojlantirish institutiga yuklanadi.

custom img

Farrux Zokirov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlandi

“Yalla” ansambli rahbari O‘zbekiston madaniyatini rivojlantirishdagi xizmatlari hamda tavalludining 80 yilligi munosabati bilan taqdirlandi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidentini “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

Shuningdek, O'zbekiston Prezidentiga mamlakatda taekvondoni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun Butunjahon taekvondo federatsiyasining oliy mukofoti — “Shon-sharaf ordeni” topshirildi.

custom img

Toshkentdagi musiqa va san'at maktabiga Farrux Zokirov nomi beriladi

Maktabda “Yalla” nomidagi bolalar ansambli tashkil etiladi.

custom img

“Qahramonimizsan, shuni bilgin”: Mirziyoyev Sindarovni tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi

Prezident yosh grossmeysterga bo‘lajak o‘yinlarda yanada ulkan omad, kuch-g‘ayrat va yangi zafarlar tiladi.

custom img

O‘zbek san’ati og‘ir judolikka uchradi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dono Boboxanova 80 yoshda vafot etdi.

custom img

Toshkentda metro poyezdi eshiklari ochiq holda harakatlandi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Toshkent viloyatida sintetik giyohvand modda saqlagan bank xodimlari ushlandi

Shuningdek, Rossiyadan keltirilgan sintetik narkotik moddalar tarqalishining oldi olindi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"