Sport

“Bir mamlakatda, bir vaqtda, bir masofada, bir maqsadda – birga yuguramiz!”

Ushbu shior ostida “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasiga start beriladi.

“Bir mamlakatda, bir vaqtda, bir masofada, bir maqsadda – birga yuguramiz!”

 

Mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlab, 3 sentyabr kuni erta tongda Respublika bo‘ylab (16 ta shahar) ommaviy yugurish musobaqasi boshlanadi.


Bugun bir qator tashkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirokida ushbu yirik tadbirni yuqori saviyada o‘tkazishga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

 

Anjuman davomida musobaqaning marshrutlari, yuguruvchilar start olish nuqtasi va boshqa tashkiliy masalalar bo‘yicha maʼlumotlar eʼlon qilindi.

 

Shuningdek, yakunda aholi o‘rtasida ommaviy sportni ommalashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida hududlarda “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqalari ketma-ket 3 yil davomida mutlaqo bepul o‘tkazilayotgani taʼkidlandi. Bu aholining barcha qatlamlarini, pensionerlardan tortib uy bekalari va tadbirkorlargacha musobaqada ishtirok etishga jalb qilish imkonini beradi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"