Sport

"Qizil iblislar" 35 yoshli himoyachi bilan shartnoma imzolaydi

U klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

"Qizil iblislar" 35 yoshli himoyachi bilan shartnoma imzolaydi

 

Jonni Evans "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolashi mumkin. "Belfast Telegraph" nashrining xabariga ko‘ra, 35 yoshli himoyachi “mankunianliklar” klubi bilan bir yillik shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Qayd etilishicha, Jonni Evans mavsum oldidan bosh murabbiy Erik ten Xagni hayratda qoldirgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Evans «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2018-yildan beri u “Lester”da o‘ynab kelayotgandi. 2022/23-yilgi mavsum oxirida esa jamoani tark etgan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"