Jahon

AQSH Qirg'izistonga qarshi sanksiya joriy qilishga tayyorlanmoqda

Sanksiyalar haqidagi qaror amerikalik va yevropalik diplomatlarning Bishkekka bir necha oylik samarasiz tashriflari ortidan qabul qilingan.

AQSH Qirg'izistonga qarshi sanksiya joriy qilishga tayyorlanmoqda

 

AQSh bir hafta ichida Qirg'izistonga qarshi sanksiyalar e'lon qilishi mumkin, deya xabar berdi The Washington Post. Gazetaga ko‘ra, Vashington Bishkekni Rossiyaga Xitoy, Yevropa va Janubiy Koreyadan sanksiyalar ro'yxatiga kiritilgan tovarlarni yetkazib berishda ayblamoqda. Ular orasida dronlar, optik nishonlar va yarimo'tkazgichlar bor.

 

Ta'kidlanishicha, sanksiyalar haqidagi qaror amerikalik va yevropalik diplomatlarning Bishkekka “bir necha oylik samarasiz tashriflari” ortidan qabul qilingan. 

 

"Qirg'iziston, garchi boshqalar bilan solishtirganda kichik davlat bo'lsa-da, barcha omillar bir vaqtning o'zida (sanksiyalardan qochish uchun) yo'l qo'yib bo'lmaydigan qulay shart-sharoitlarni yaratayotganiga yaqqol misoldir", - dedi WP manbasi.

 

Xabarda keltirilishicha, misol tariqasida Qirg‘iziston kompaniyalari fevral-mart oylarida Xitoy va Janubiy Koreyadan minglab dollarga “sezgir elektronika” sotib olgan. Xuddi shu davrda Qirg'izistondan Rossiyaga taxminan bir xil miqdordagi elektronika eksport qilingani keltirilgan. Vashingtonga ko'ra, xaridorlarning aksariyati Rossiya mudofaa sanoatining yetkazib beruvchilari. 

 

Qayd etilishicha, 2022-yilda Qirg‘izistondan Rossiyaga eksport hajmi 250 foizga oshgan.

 

Qirg‘izistonning AQShdagi elchixonasi WP nashriga Bishkek xalqaro me’yorlarga amal qilishini, kontrabanda va boshqa turdagi noqonuniy savdoni bostirishini aytdi. Diplomatik missiya Rossiya bilan tovar ayirboshlashning keskin o'sishini qisman tovarlarni kuzatish tizimini takomillashtirish bilan bog'ladi. Elchixona, shuningdek, real iqtisodiy kontekst hisobga olinmaganini ta'kidladi, chunki Rossiya va Qirg'iziston YeOII a'zolari va Rossiya mamlakatning asosiy savdo sheriklaridan biri hisoblanadi.

custom img

Urush meni “do‘stlari yo‘q inson”ga aylantirdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti urush sharoitida faqat muhim va strategik masalalarga eʼtibor qaratishga majbur bo‘lganini taʼkidladi.

custom img

Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi

U Epshteyn bilan vaqt o‘tkazish katta xato bo‘lganini aytgan.

custom img

Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadro kuchlari dasturi rahbari etib tayinladi — The Chosun Daily

U strategik qurollar bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etib, generallardan hisobotlar qabul qilmoqda

custom img

Ukrainani tiklash salkam 600 mlrd dollarga tushadi

Mablag‘ning ko‘p qismi urushdan keyingi davrda transport sohasini tiklashga yo‘naltiriladi.

custom img

Sadir Japarov bosh vazir o‘rinbosari va sog‘liqni saqlash vazirini lavozimidan ozod qildi

Qirg‘iziston hukumatida yana kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.

custom img

Pavel Durov terrorizmga yordam berganlikda ayblanmoqda — OAV

2022 yildan buyon Telegram messenjer bilan bog‘liq 153 mingdan ortiq jinoyat qayd etilgan bo‘lib, ularning 33 mingtasi terroristik va ekstremistik xususiyatga ega.

custom img

Nyu-Yorkda so‘nggi 9 yilda kuzatilmagan qor bo‘roni qayd etildi

Qor qalinligi 55 santimetrdan oshgan. Shaharda favqulodda holat eʼlon qilingan.

custom img

Amerikada Epshteynning tashlandiq samolyoti topildi

10 yildan beri qarovsiz turgan havo kemasidan voyaga yetmaganlarni jinsiy qullik uchun dunyo bo‘ylab tashishda foydalanilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"