Jahon

Rossiya Qrim ko’prigiga raketa hujumi uyushtirilganini da’vo qilmoqda

Ko’prikning ikki yo’nalishida harakat vaqtincha to’xtatilgan.

Rossiya Qrim ko’prigiga raketa hujumi uyushtirilganini da’vo qilmoqda

 

Kerch bo‘g‘ozi orqali o‘tadigan Qrim ko‘prigi raketa hujumiga uchradi. Bu haqda Rossiya aerokosmik kuchlari bosh shtab-kvartirasi boshlig‘i Viktor Afzalov ma’lum qildi.

 

Rossiya Mudofaa vazirligining da’vo qilishicha, Rostov va Kaluga viloyatlaridagi boshqa ob’ektlar ham hujumga uchragan. Havo hujumidan mudofaa tizimlari ikkita S-200 raketalarini urib tushirgan, yana ikkita raketa elektron urush uskunalari bilan yo'q qilingan

 

Eslatib o‘tamiz, 9-iyul kuni Rossiya tomonidan tayinlangan Qrim hokimiyati raketa urib tushirilganini e’lon qilgan edi. Kerch viloyatidagi hodisa tufayli Qrim ko‘prigida ikki yo‘nalishda harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"