Siyosat

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil etiladi

"O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident qarori loyihasi eʼlon qilindi.

O‘zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil etiladi

 

Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

 

  • Oliy sport mahorati instituti negizida O‘zbekiston davlat sport akademiyasini tashkil etish;

 

  • Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutini O‘zbekiston davlat sport akademiyasi huzuriga o‘tkazish;

 

  • Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktori Sport akademiyasi rektorining tavsiyasiga asosan yoshlar siyosati va sport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi to‘g‘risidagi takliflari maʼqullanishi mumkin.

 

Quyidagilar, Sport akademiyasining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilanadi:

 

  • jismoniy tarbiya va sport sohasida zamon talablariga javob beradigan kadrlarni, Osiyo va paraosiyo, olimpiya va paralimpiya o‘yinlarida, shuningdek jahon kubogi hamda chempionatlarida natija ko‘rsatadigan sportchilarni tayyorlash;

 

  • kadrlarni tayyorlash jarayonida ilg‘or taʼlim texnologiyalarini va xorijiy tajribalarni qo‘llagan holda o‘quv jarayonini tashkil qilish;

 

  • davlat va nodavlat sport tashkilotlari sport bazalaridagi  o‘quv mashg‘ulot yig‘inlarini tahlil qilish jarayoniga professor-o‘qituvchilar va talabalarni jalb etish, mashg‘ulotlarni o‘tkazishning ilg‘or usullarini joriy etish;

 

  • yuqori sport natijalariga erishgan taniqli sportchilarning jismoniy, texnik, taktik va psixologik xususiyatlarini tahlil qilish, zamonaviy sport nazariyasi va amaliyoti, elita sportchilarni tayyorlash, usullari va xususiyatlarini o‘rganish;

 

  • Respublika, Osiyo, Jahon chempionatlari va kuboklarini hamda olimpiya va paralimpiya o‘yinlarini muntazam tahlil qilib borish, elita sportchilarni tarbiyalash, axloqiy tarbiyalash va boshqarish, doping nazorati, xalqaro musobaqalar tahlil natijalarini  tajribada qo‘llash;

 

  • sportchi va trenerlik faoliyatining tadqiqot usullari, zamonaviy sport yutuqlaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga oid ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish.

 

Sport akademiyasining muvofiqlashtirish-vasiylik kengashi tasdiqlanadi.

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"