Jahon

Chexiya: poyezd va yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida 21 yo‘lovchi jarohatlandi

Poyezddagi 65 yo‘lovchi orasida 19 nafar maktab o‘quvchisi ham bo‘lgan.

Chexiya: poyezd va yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida 21 yo‘lovchi jarohatlandi

 

Milliy qutqaruv xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, poyezdning 9 yo‘lovchisi o‘rtacha darajada, qolgan 12 yo‘lovchi, jumladan, ikki maktab o‘quvchisi yengil jarohat olgan.

 

Politsiya maʼlumotlariga ko‘ra, poyezddagi 65 yo‘lovchi orasida 19 nafar maktab o‘quvchisi ham bo‘lgan.

 

Hodisa soat 14:00 atrofida Pragadan 100 kilometr shimolda joylashgan Liberes shahri yaqinidagi Straj-nad-Nisou temir yo‘l kesishmasida sodir bo‘lgan.

 

Voqea sabablari o‘rganilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Chexiya: poyezd va yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida 21 yo‘lovchi jarohatlandi