Jahon

Kaxovka GESining buzilishi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan

Shuningdek, 35 kishi bedarak yo‘qolgan. Ularning 7 nafari bolalar.

Kaxovka GESining buzilishi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan

 

Xerson viloyati maʼmuriyati rahbari Aleksandr Prokudinning maʼlum qilishicha, suv toshqini oqibatida Xersonda 10 kishi, Nikolayev viloyatida 2 kishi halok bo‘lgan

 

Prokudinning so‘zlariga ko‘ra, Xerson viloyatida 20 kishi, jumladan, 5 nafar politsiyachi va 2 nafar qutqaruvchi jarohatlangan. 35 kishi, jumladan 7 nafar bola bedarak yo‘qolgan.

 

Shuningdek, Kaxovka GESi to‘g‘onining buzilishi oqibatida Dnepropetrovsk viloyatida baliqlar daryo sayozlashgani sabab ommaviy nobud bo‘lmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Kaxovka GESining buzilishi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan