Iqtisodiyot

Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari reytingida yana birinchi

Uning aksiyalari yil boshidan 66 foizga oshgan.

Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari reytingida yana birinchi

 

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask Bloomberg talqini bo‘yicha dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida yana birinchi o‘rinni egalladi. Bloomberg Billionaires Index maʼlumotlariga ko‘ra, tadbirkorning boyligi 192 milliard dollarni tashkil etadi. LVMH guruhi egasi Bernard Arno esa 187 milliard dollar boyligi bilan ikkinchi o‘ringa tushib qoldi.

 

Shu bilan birga, Forbes talqini bo‘yicha Arno 215 milliard dollar boyligi bilan hamon sayyoradagi eng boy odam bo‘lib qolmoqda. Mask 200 milliard dollar bilan ikkinchi o‘rinda.

 

Bloomberg reytingida Arno 2022 yil dekabrda texnologiya sanoatidagi qiyinchiliklar fonida Maskdan o‘zib ketgandi. LVMH aksiyalari Parijdagi Euronext birjasida 2,6 foizga arzonlashgach, u reytingda yetakchilikni yo‘qotdi

 

Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, LVMH aksiyalari aprel oyidan beri taxminan 10 foizga tushib ketdi. Eng katta pasayishlardan biri 24 may kuni qayd etildi — o‘sha sutkada Arnoning boyligi 11,2 milliard dollarga kamaydi. Bozorda AQSH iqtisodiyotining zaiflashishi bunday mahsulotlarga (LVMH — Louis Vuitton, Moet & Chandon, Christian Dior, Fendi, Givenchy va boshqa hashamatli brendlarni o‘z ichiga oladi) bo‘lgan talabni kamaytiradi, degan xavotirlar fonida kompaniyalar aksiyalari tushmoqda. 

 

Mask bu yil 55,3 milliard dollardan ortiq ishladi, buning asosiy qismi Tesla hissasiga to‘g‘ri keladi, uning aksiyalari yil boshidan 66 foizga oshgan.

 

custom img

Saida Mirziyoyeva Ben Blek bilan uchrashdi

Muloqot davomida yirik loyihalar portfeli muhokama qilindi.

custom img

Vashingtonda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi ish boshladi

Saida Mirziyoyeva Serjio Gor bilan anglashuv memorandumini imzoladi.

custom img

O‘zbekiston hukumati kimdan qancha qarz?

O‘zbekiston davlat qarzi 2025 yil davomida 6,6 mlrd dollarga oshib, 46,8 milliard AQSH dollardan oshdi. Davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 31,9 foizga qisqardi. Tashqi qarzning teng yarmi byudjet taqchilligini moliyalashtirishga saflangan. Bir qarashda bu raqam vahimali ko‘rinadi. Odamlar orasida va ijtimoiy tarmoqlarda mamlakat qarzga botgani yoki Xitoyning “qarz tuzog‘iga” tushib qolgani haqidagi xavotirlar tez-tez quloqqa chalinadi. Ammo bu raqamlarga his-hayajon bilan emas, balki qatʼiy iqtisodiy nuqtayi nazardan qarasak, manzara butunlay boshqacha ekanini ko‘ramiz.

custom img

Kumush narxi tarixiy rekord darajada ko‘tarildi

Kumush narxining keskin ko‘tarilishi investorlarning qimmatbaho metallarga bo‘lgan qiziqishi kuchaygani bilan izohlanmoqda.

custom img

Dollar o‘smoqda, ammo qadrsizlanmoqda

Noyabr oyida Oʻzbekistonga kirib kelayotgan xorijiy pul o'tkazmalari qariyb 400 mln dollarga qisqargan.

custom img

Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiyasi olishni boshladi

Tojikiston 2026 yil birinchi choragida Markaziy Osiyo Birlashtirilgan energetika tizimiga to‘liq o‘tilishi kutilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Kaspiy dengizi orqali yuk tashish imkoniyatlarini kengaytiradi

O‘zbekiston dengiz orqali yuk tashish uchun Ozarbayjon va Turkmanistondan parom kemalarini xarid qilishni rejalashtirmoqda.

custom img

O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi

Dollar indeksi so‘nggi uch yil ichidagi eng past darajaga tushgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"