O'zbekiston

O‘zbekistonda uyali aloqa operatorlari uchun to‘lovlar pasaytiriladi

Qonunga kiritilayotgan o‘zgarishlar bilan tele va radiokanallar orqali efirga uzatilayotgan media mahsulotlar sifati yaxshilanishi mumkin.

O‘zbekistonda uyali aloqa operatorlari uchun to‘lovlar pasaytiriladi

O‘zbekistonda uyali aloqa operatorlari va teleradiokanallar uchun davlat boji miqdorini kamaytirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

 

Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasida Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibi doirasida ko‘rib chiqiladigan masalalar tegishli davlat organlari va tashkilotlar mas’ullari, ekspertlar ishtirokida dastlabki tarzda muhokama qilindi.

 

Xususan, “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun bilan tele va radiokanallarga, shuningdek, uyali aloqa virtual operatorlariga o‘z faoliyatlarini amalga oshirganlari uchun to‘laydigan davlat boji miqdorlari kamaytirilib, ularga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

 

Jumladan, uyali aloqa virtual operatorlari (provayderlar) tomonidan radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘lanadigan yillik davlat boji miqdori ham kamaytirilmoqda. Shuningdek, qonun bilan tele va radiokanallar tomonidan teleradioeshittirishlarni tarqatish (namoyish qilish) tarmoqlarini loyihalashtirganlik, qurganlik, ulardan foydalanganlik va ularning xizmatlar ko‘rsatganligi uchun to‘lanadigan davlat boji miqdorlari ilgarigi miqdorlarga nisbatan mos ravishda 50 foizga kamaytirilmoqda.

 

Bundan tashqari, qonundagi ushbu o‘zgartirishlarga asosan endilikda tele va radiokanallar tomonidan yuqoridagi faoliyat turlari uchun to‘lanadigan davlat bojini yilning har choragi uchun teng miqdorlarda bo‘lgan holda to‘lashga imkoniyat yaratib berilmoqda. Qo‘mita a’zolarining ta’kidlashicha, ushbu imkoniyatlar kelajakda aloqa hamda tele va radiokanallar orqali efirga uzatilayotgan media mahsulotlari sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

custom img

Samarqandda Xalqaro narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi Bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Uchrashuv davomida Qo‘mita missiyasining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifiga oid amaliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda endilikda mobil raqamni boshqa shaxs nomiga onlayn o‘tkazish mumkin

Xizmat Yagona portal orqali taqdim qilinmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi vakili bilan uchrashdi

Bo Matiasen bilan narkotahdidlar, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishlarida hamkorlik masalasi muhokama qilindi.

custom img

Jizzaxda jarimasi bor mashinalarga qarshi reyd boshlandi

Tadbirlar davomida 197 ta qidiruvdagi mashinalar topilgan.

custom img

Qo‘qonda MIB orqali 4 yoshli bola onasiga qaytarildi

Shu tariqa ijro hujjati amalda tamomlangan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST bosh direktori bilan uchrashdi

Muloqotda O‘zbekiston va JSST o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Media haftalikning navbatdagi bosqichi Qashqadaryoda boshlandi

Besh kun davom etadigan tadbir ishtirokchilar uchun intensiv dastur asosida tashkil etilgan.

custom img

Bolgariya va Isroilga ishga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Fuqarolardan Bolgariyaga yuborish uchun 3 ming dollar, Isroilga yuborish uchun 20 ming dollar so‘ralgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"