O'zbekiston

Endi pedagoglar ko‘proq taʼtil oladimi?

Yangi Mehnat kodeksida bu haqda nimalar deyilgan?

Endi pedagoglar ko‘proq taʼtil oladimi?

 

Maʼlumki, ayni paytda pedagog xodimlarga beriladigan har yilgi mehnat taʼtili masalasi muammo jihatidan o‘zining yuqori nuqtasiga chiqmoqda. Bunga “Yurist maslahati” telegram-kanalida izoh berildi.

 

Yangi Mehnat kodeksining 501-moddasiga asosan, pedagog xodimlar ish vaqtining aniq davomiyligi va yillik uzaytirilgan mehnat taʼtilining davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishilgan holda belgilanadi, deyilgan.

 

Biroq mana bugundan maktab ham tugadi, lekin MK 501-moddaning talabi hali ham bajarilgani yo‘q. Oddiy vaziyat shuki, maktab o‘qituvchilarining taʼtillari masalasi hali ham so‘roq ostida.

 

Aslida yangi Mehnat kodeksi 2022 yil 28 oktyabrda eʼlon qilingan va olti oydan so‘ng kuchga kirishi belgilangan bo‘lsa, uni amalda ishlaydigan darajaga keltirish uchun mutasaddilarga yetarlicha vaqt berilgan edi. Pedagog xodimlarning mehnat taʼtili bilan bog‘liq masala Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023 yil 30 aprelga qadar hal etilishi shart edi.

 

“Yangi Mehnat kodeksining 222-moddasida “barcha hollarda qonunchilik bilan belgilangan taʼtillarni jamlashda ularning davomiyligi bir ish yili uchun 56 kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas” deyilgan. Masala shundaki, bizga pedagoglar taʼtilini 48 kun qilib belgilashga urinishayotgani haqida gap-so‘zlar yetib kelmoqda. Biz hayronmiz, pedagoglarga 56 kalendar kunlik mehnat taʼtili belgilashga nima to‘sqinlik qiladi? 

 

MK 401-moddadagi “12 yoshga to‘lmagan 2 va undan ortiq bolaning yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi kamida 4 kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha taʼtil beriladi” degan qoidami? Mutasaddilar nazdida agar pedagog xodimga 56 kalendar kunlik mehnat taʼtili berilsa, ularning 401-moddaga tushadiganlariga yana qo‘shimcha 4 kunlik taʼtil berish hisobiga yuqoridagi chegarani buzib qo‘ygan bo‘lamizmi? Ikkilanish shundanmi?

 

Lekin yaxshilab eʼtibor bering, MK 222-moddadagi cheklov har yilgi mehnat taʼtillariga, yaʼni qonunchilik bilan belgilangan asosiy va qo‘shimcha mehnat taʼtillariga tegishli (moddani nomiga karang). Bilasiz, MKning 213-moddasiga asosan taʼtillar: har yilgi mehnat taʼtiliga, ijtimoiy taʼtillarga, ish haqi qisman saqlanadigan taʼtilga va ish haqi saqlanmaydigan taʼtilga bo‘linadi. Yaʼni, yuqoridagi ro‘yhatda har yilgi mehnat taʼtili alohida, ijtimoiy taʼtil alohida taʼtil turlari ekanligi ko‘rsatilgan.

 

Kodeksning 237-moddasi 6-qismida “12 yoshga to‘lmagan 2 va undan ortiq nafar bola yoki 16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biri (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxs) davomiyligi 4 kalendar kun bo‘lgan har yilgi ijtimoiy taʼtilda bo‘lgan davrida uning ushbu taʼtil davri uchun o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi (ushbu Kodeksning 401-moddasi)” deyilgan. Yaʼni, taʼtilning ushbu 4 kalendar kunlik turi har yilgi mehnat taʼtiliga emas, ijtimoiy taʼtillarga mansub.

 

Demak, Mehnat kodeksining 222-moddasidagi “...qonunchilik bilan belgilangan taʼtillarni jamlashda ularning davomiyligi bir ish yili uchun 56 kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas” degan cheklovga 401-moddadagi 4 kalendar kunlik taʼtilning umuman aloqasi yo‘q. 4 kunlik qo‘shimcha taʼtil ijtimoiy taʼtil sifatida qo‘shib berilaveradi.

 

Shunday ekan, pedagoglarga 56 kalendar kunlik hal yilgi mehnat taʼtili belgilanishi ayni paytda eng to‘g‘ri variant bo‘ladi”, — deyiladi postda.

 

custom img

Saida Mirziyoyeva BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi vakili bilan uchrashdi

Bo Matiasen bilan narkotahdidlar, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishlarida hamkorlik masalasi muhokama qilindi.

custom img

Jizzaxda jarimasi bor mashinalarga qarshi reyd boshlandi

Tadbirlar davomida 197 ta qidiruvdagi mashinalar topilgan.

custom img

Qo‘qonda MIB orqali 4 yoshli bola onasiga qaytarildi

Shu tariqa ijro hujjati amalda tamomlangan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST bosh direktori bilan uchrashdi

Muloqotda O‘zbekiston va JSST o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Media haftalikning navbatdagi bosqichi Qashqadaryoda boshlandi

Besh kun davom etadigan tadbir ishtirokchilar uchun intensiv dastur asosida tashkil etilgan.

custom img

Bolgariya va Isroilga ishga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Fuqarolardan Bolgariyaga yuborish uchun 3 ming dollar, Isroilga yuborish uchun 20 ming dollar so‘ralgan.

custom img

Samarqand forumida narkotahdidlarga qarshi zamonaviy texnologiyalar namoyish etildi

Narkotrafik va transmilliy jinoyatchilikni kuzatish uchun yagona sun’iy intellekt platformasini yaratish tashabbusi ilgari surildi.

custom img

O‘zbekistonda nogiron bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar soliqlardan ozod etiladi

Ushbu chora 2030-yil 1-yanvargacha amal qiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"