Sport

Mo‘ynoqda “Rally Muynak” avtopoygasi o‘tkaziladi

Musobaqada 40 ta avtomobil, 20 dan ortiq mototsikl va 10 ta baggida 150 ga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.

Mo‘ynoqda “Rally Muynak” avtopoygasi o‘tkaziladi

 

Joriy yilning 25-28 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida “Rally Muynak” xalqaro ekstremal avtomobil musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

 

Musobaqada 40 ta avtomobil, 20 dan ortiq mototsikl va 10 ta baggida 150 ga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.    

 

Anʼanaviy musobaqa  ilk bor to‘rt kun davom etadi. Avtopoygachilar, sayyohlar va tomoshabinlar uchun sermazmun dastur ishlab chiqilgan. Kunduz kunlari avtomobil, baggi va mototsikllarda ekstremal musobaqalar, gastronomik mahorat darslari, kechqurunlari esa mashhur didjeylar ijrosida elektron musiqa konsertlari  bo‘lib o‘tadi.    

 

Poyga yo‘lining umumiy uzunligi 425 kilometrni tashkil qiladi. Poygachilar Ustyurt tekisligining qurib bitkazilmagan yo‘llarini kesib o‘tishlari va Orol dengizining qurigan tubi bo‘ylab harakatlanishlari lozim bo‘ladi. Motokross va avtokross musobaqalari maxsus trassada o‘tkaziladi.  Musobaqada dvigatel hajmi 1600 va 2000 sm3 bo‘lgan maxsus jihozlangan sport mashinalari, motor hajmi 1600 sm3 bo‘lgan baggilar va dvigatel hajmi 125 dan 500 sm3 gacha bo‘lgan mototsikllar ishtirok etishiga ruxsat berilgan.  

 

28 may kuni  “Rally Muynak” poygasining tantanali yopilishi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.    

custom img

Meliqo‘ziyev ganalik raqibini texnik nokautga uchratdi

U shu tariqa WBA Continental Americas kamarini himoya qildi va 17-g‘alabasini qayd etdi.

custom img

“Darhol yo‘lga chiq”: Tramp Ronalduni AQSHga chaqirdi

Amerika rahbari Krishtianuni eng buyuk futbolchi deb atadi.

custom img

O‘zbekiston sportchilari qishki Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini medalsiz yakunladi

Mamlakat sharafini short-trekchi Daniil Yeybog va tog‘ chang‘ichisi Medet Nazarov himoya qildi.

custom img

Husanov transferidan keyin O‘zbekiston Manchester City uchun strategik bozorga aylandi

“Manchester Evening News” e’tirofiga ko‘ra, Abduqodir Husanovning Manchester Cityga transferi klub tarixidagi eng kuchli raqamli portlashlardan birini keltirib chiqardi: atigi bir necha hafta ichida O‘zbekiston “Siti”ning eng faol auditoriyasiga aylandi, millionlab muxlislar esa ingliz klubini global trendga olib chiqdi.

custom img

O‘zbekiston vakillari qishki Olimpiadadagi debyut ishtirokini yakunladi

Short-trekda Daniil Eybog 14-o‘rinni egalladi, tog‘ chang‘isida Medet Nazarov gigant-slalomda 50-pog‘onadan joy oldi.

custom img

FIDE Freestyle Jahon chempionati: Abdusattorov va Sindarov 4-turda mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeysterlar Hans Niemann va Arjun Erigaisiga imkoniyatni boy berdi, keyingi turda esa ular o‘zaro bahs olib boradi.

custom img

"Al Nasr" Ronalduga vaziyatni barqarorlashtirishga va’da berdi

Klub rahbari iste’foga chiqarilishi mumkin.

custom img

Saudiya klublari Mohamed Salahni Ronalduning o'rniga tayyorlamoqda

Ronalduning yaqin orada ligani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida, Saudiya “Liverpool” yulduzining haftalik maoshini uch baravar oshirishni taklif qilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"