Jahon

AQSHning Montana shtatida TikTok butunlay taqiqlandi

Bunga Xitoy Kommunistik partiyasidan xavotir sabab bo‘ldi.

AQSHning Montana shtatida TikTok butunlay taqiqlandi

 

Montana AQSHning TikTok ilovasidan foydalanishni taqiqlagan birinchi shtatiga aylanadi. Gubernator Greg Janforte chorshanba kuni taqiqni imzoladi.

 

Video almashish platformasi allaqachon bu taqiq «AQSH Konstitutsiyasining birinchi tuzatishiga ko‘ra Montana aholisining huquqlarini buzayotganini» aytdi. TikTok bayonotida aytilishicha, ilova Montana shtatida «yuz minglab odamlar» tomonidan foydalanilyapti.

 

"Biz Montana aholisini ular o‘zlarini ifoda etish, tirikchilik qilish va hamjamiyat topish uchun TikTok‘dan foydalanishda davom etishlari mumkinligiga ishontirmoqchimiz, chunki biz Montana ichida va tashqarisida foydalanuvchilarimiz huquqlarini himoya qilishda davom etamiz", — deyiladi xabarda.

 

TikTok'ning sud orqali Montana hukumati qaroriga eʼtiroz bildirishi kutilyapti.

 

Aholisi 1 milliondan sal ko‘proq bo‘lgan Montana o‘tgan yil dekabr oyida hukumat qurilmalarida mazkur ilovani taqiqlagan edi.

 

TikTok butun dunyo bo‘ylab maʼlumotlarning Xitoy hukumati bilan bo‘lishishi mumkinligidan xavotirda bo‘lgan rasmiylar tomonidan tekshirildi.

 

TikTok Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli. TikTok ijrochi direktori Shou Zi Chu bir necha bor amerikaliklarga nisbatan josuslik qilmasligini aytdi, garchi xodimlar ular haqida maʼlumot olish uchun jurnalistlarning TikTok akkauntlaridan foydalanganliklarini tan olgan bo‘lsada.

 

Mart oyi boshida AQSH hukumati ByteDance TikTok‘ni sotishi kerak, aks holda mamlakatda taqiqlanishi mumkinligini aytgandi.

custom img

Urush meni “do‘stlari yo‘q inson”ga aylantirdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti urush sharoitida faqat muhim va strategik masalalarga eʼtibor qaratishga majbur bo‘lganini taʼkidladi.

custom img

Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi

U Epshteyn bilan vaqt o‘tkazish katta xato bo‘lganini aytgan.

custom img

Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadro kuchlari dasturi rahbari etib tayinladi — The Chosun Daily

U strategik qurollar bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etib, generallardan hisobotlar qabul qilmoqda

custom img

Ukrainani tiklash salkam 600 mlrd dollarga tushadi

Mablag‘ning ko‘p qismi urushdan keyingi davrda transport sohasini tiklashga yo‘naltiriladi.

custom img

Sadir Japarov bosh vazir o‘rinbosari va sog‘liqni saqlash vazirini lavozimidan ozod qildi

Qirg‘iziston hukumatida yana kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.

custom img

Pavel Durov terrorizmga yordam berganlikda ayblanmoqda — OAV

2022 yildan buyon Telegram messenjer bilan bog‘liq 153 mingdan ortiq jinoyat qayd etilgan bo‘lib, ularning 33 mingtasi terroristik va ekstremistik xususiyatga ega.

custom img

Nyu-Yorkda so‘nggi 9 yilda kuzatilmagan qor bo‘roni qayd etildi

Qor qalinligi 55 santimetrdan oshgan. Shaharda favqulodda holat eʼlon qilingan.

custom img

Amerikada Epshteynning tashlandiq samolyoti topildi

10 yildan beri qarovsiz turgan havo kemasidan voyaga yetmaganlarni jinsiy qullik uchun dunyo bo‘ylab tashishda foydalanilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"