Sport

Toshkentda “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi

Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Toshkentda “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkaziladi


Toshkentda 14 may kuni harbiy-vatanparvarlik ruhidagi “Men g‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.



Rejaga ko‘ra, ushbu sport tadbiri ilk marotaba 2000 ga yaqin ishtirokchini birlashtiradi.

 

Tadbir 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlanib, start-finish nuqtasi “Humo arena” majmuasining oldidagi maydonga belgilangan. Poygalarga 14 may kuni 07:00 da start beriladi.

 

Rejaga ko‘ra, sport tadbiri ilk marotaba 2000 ga yaqin ishtirokchini birlashtiradi.

 

Musobaqa dasturi kengaytirildi va unga 3 ta masofa qo‘shildi:

yarim marafon – 21,1 km;

chorak marafon — 10,5 km;

3 kmga yugurish.

 

"Musobaqa kubogini qo‘lga kiritish uchun Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi vakillaridan iborat 7 ta jamoa hamda kuch ishlatuvchi tuzilmalar taʼlim muassasalarining 6 ta jamoasi kurash olib boradi", — deyiladi xabarda.

 

“Men g‘olib” musobaqasi anʼanaviy ravishda muhim davlat sanalari – Vatan himoyachilari kuni, O‘zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganligi hamda Xotira va qadrlash kunini nishonlashga bag‘ishlangan holda o‘tkaziladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"