O'zbekiston

Shaxslarning murojaat qilish huquqi kengaymoqda

Yangilanayotgan Konstitutsiyaning 40-moddasi bilan endilikda murojaat qilish davlat organlari bilan bir qatorda davlat tashkilotlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslariga murojaat etish huquqi kafolatlanmoqda.

Shaxslarning murojaat qilish huquqi kengaymoqda

 

Shaxsning murojaat qilish huquqi inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning muhim konstitutsiyaviy-huquqiy vositalaridan biri hisoblanadi. Bu huquq ikkita jihatni o‘z ichiga oladi. Birinchi jihati murojaatlar fuqarolarning davlat va jamoat ishlarini hal qilishda ishtirok etish, davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyatiga taʼsir o‘tkazishda, ikkinchi jihatdan inson huquqlarini amalga oshirish uchun to‘siqlarni bartaraf etish yoki buzilgan huquqlarini tiklash usuli, yaʼni davlat organlari va mansabdor shaxslarning o‘z majburiyatlarini bajarish mexanizmlarida namoyon bo‘ladi.

 

Murojaat qilish huquqi inson huquqlari sohasidagi umumeʼtirof etilgan hujjatlarda, xususan, Inson huquqlari bo‘yicha umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar bo‘yicha xalqaro pakt, Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyalarda insonning ajralmas huquqlari qatoriga kiritilgan bo‘lib, har kim o‘z fikrini erkin ifoda etish huquqiga egaligini belgilangan.

 

Murojaat etish huquqi insonning muhim huquqlari qatorida quyidagi belgilarga ega. Xususan, uning ajralmas huquq ekani, har bir shaxs unga ega bo‘lishi, og‘zaki, yozma yoki elektron tarzda taqdim etilishi va bir xil kuchga bo‘lishi, yakka tartibda yoki jamoaviy tarzda murojaat qilishi; davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaat qilishi, shuningdek voyaga yetmagan ham bevosita yoki qonuniy vakillar orqali murojaat etish, shular jumlasidan.

 

O‘zbekistonda shaxsning murojaat qilish huquqi konstitutsiyaviy kafolatlangan bo‘lib, bu sohada milliy qonunchilik bazasi shakllangan va takomillashib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni davlat organlari va davlat muassasalariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga soladigan asosiy qonun hujjati hisoblanadi.

 

Mazkur Qonun 2017 yili yangi tahrirda qabul qilingan bo‘lib, unda asosiy yangiliklar shaxslarning murojaat qilish usullari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi takomillashtirildi, murojaat qiluvchi va murojaatni qabul qiluvchi, shuningdek murojaatni o‘z vaqtida ko‘rib chiqishni nazorat qiluvchi subyektlar doirasi kengaytirildi.

 

Oxirgi yillarda aholining murojaatlari bilan ishlash tizimi samarali yo‘lga qo‘yildi. Endi ularning bu huquqini kafolatlash zarurati ham bor. Chunki u yoki bu darajadagi amaldorlar xohishi bilan murojaat va shikoyat qilgan insonlarning huquqlari taʼminlanmay qolmasligi kerak.

 

Yangilanayotgan Konstitutsiyada shaxslarning murojaat etish huquqlari takomillashtirilgan holda yangilanmoqda. Xususan, 40-modda bilan endilikda murojaat qilish davlat organlari bilan bir qatorda davlat tashkilotlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslariga murojaat etish huquqi kafolatlanmoqda.

 

Bunday konstitutsiyaviy huquq shaxsga o‘zi va boshqalar bilan birgalikda, yaʼni jamoaviy tarzda nafaqat davlat organlari, muassasalari yoki xalq vakillariga, balki o‘zi istiqomat qilayotgan mahallasiga ham murojaat qilishni konstitutsiya darajasida kafolatlashga olib keladi. Bu esa fuqarolarni qiynayotgan muammolarni birlamchi bo‘g‘inda, tezkor hal qilishga yordam beradi.

 

Kiritilayotgan o‘zgartirish shaxslarning murojaat qilishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquq bilan taʼminlanish doirasini kengaytirib, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yana-da faollashuviga, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni birlamchi bo‘g‘inda, tezkor hal qilishga yordam beradi.

 

Saxipjamal Djoldasova,

yuridik fanlari doktori, ekspert

custom img

Saida Mirziyoyeva BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi vakili bilan uchrashdi

Bo Matiasen bilan narkotahdidlar, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishlarida hamkorlik masalasi muhokama qilindi.

custom img

Jizzaxda jarimasi bor mashinalarga qarshi reyd boshlandi

Tadbirlar davomida 197 ta qidiruvdagi mashinalar topilgan.

custom img

Qo‘qonda MIB orqali 4 yoshli bola onasiga qaytarildi

Shu tariqa ijro hujjati amalda tamomlangan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST bosh direktori bilan uchrashdi

Muloqotda O‘zbekiston va JSST o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Media haftalikning navbatdagi bosqichi Qashqadaryoda boshlandi

Besh kun davom etadigan tadbir ishtirokchilar uchun intensiv dastur asosida tashkil etilgan.

custom img

Bolgariya va Isroilga ishga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Fuqarolardan Bolgariyaga yuborish uchun 3 ming dollar, Isroilga yuborish uchun 20 ming dollar so‘ralgan.

custom img

Samarqand forumida narkotahdidlarga qarshi zamonaviy texnologiyalar namoyish etildi

Narkotrafik va transmilliy jinoyatchilikni kuzatish uchun yagona sun’iy intellekt platformasini yaratish tashabbusi ilgari surildi.

custom img

O‘zbekistonda nogiron bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar soliqlardan ozod etiladi

Ushbu chora 2030-yil 1-yanvargacha amal qiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"