Jahon

AQSH XJSga ishga kirmoqchi bo’lgan rossiyalikni josus deb atamoqda

Sergey Cherkasov Braziliya fuqarosi nomi bilan AQShga kirgan. U Rossiya harbiy razvedkasiga ishlagan bo’lishi mumkin. Cherkasov Xalqaro jinoiy sudga ishga kirishga uringan. O’tgan haftada ushbu organ Vladimir Putinni qamoqqa olishga order bergandi.

AQSH XJSga ishga kirmoqchi bo’lgan rossiyalikni josus deb atamoqda

 

AQSh rasmiylari Rossiya fuqarosi Sergey Cherkasovni Rossiya razvedkasida ishlaganlikda, shuningdek, viza, bank va elektron firibgarlikda aybladi. Bu haqda AQSh Adliya vazirligi ma’lum qildi

 

Rossiyalik hozirda Braziliyada qamoqda. vazirlik ma'lumotlariga ko'ra, Cherkasov 2012-yilda Braziliyada Rossiya agenti sifatida ish boshlagan. 2018-yilda braziliyalik Viktor Myuller Ferreyra nomi bilan Qo'shma Shtatlarga ko'chib o'tdi va u yerda Kolumbiya okrugidagi universitetlardan biriga o'qishga kirdi. Tergovchilarning fikricha, rossiyalik tomonidan Amerika Qo‘shma Shtatlari vizasini olish va Braziliya nomi bilan bank hisoblarini ochish kabi firibgarlik holatlari sodir etilgan.

 

Qo'shma Shtatlarda u ayrim odamlar bilan aloqalar o'rnatgan va Amerika fuqarolari haqidagi ma'lumotlarni Rossiya razvedkasiga uzatgan. O‘qishni tamomlagandan so‘ng, 2020-yilning bahorida Cherkasov Qo‘shma Shtatlarni tark etdi, ammo davlatning tashqi siyosati haqida ma’lumot olish uchun mavjud aloqalarni davom ettirdi, deya ta’kidlaydi Adliya vazirligi.

 

2022-yil iyun oyida Niderlandiya rasmiylari Rossiya harbiy razvedkasi o‘z josusini Xalqaro jinoiy sudga kiritishga uringani haqida gapirib, uni Sergey Cherkasov deb atagan edi. Cherkasov XJSda stajirovkadan o'tgan, biroq AIVD razvedka xizmati tomonidan fosh qilingan va Amsterdamga yetib kelganida hibsga olingan. Erkak Braziliyaga jo‘natilgan va u yerda firibgarlikda ayblanib, hibsga olingan.

 

AIVD ma'lumotlariga ko'ra, fosh etilgan rossiyalik josus 24-fevraldagi hujumdan keyin Rossiya tomonidan Ukrainada sodir etilgan ehtimoliy harbiy jinoyatlarni tergov qilayotgan XJSga katta zarar yetkazishi mumkin.

custom img

2025-yilda dunyo bo‘ylab rekord darajada jurnalistlar o‘ldirildi — CPJ

104 nafar jurnalist harbiy mojaro hududida o‘ldirilgan, 86 nafari Isroil mudofaa kuchlariga to‘g‘ri keladi.

custom img

Xo‘jali genotsidi: tarix sabog‘i va adolat talabi

Xo‘jali qirg‘ini Armaniston tomonidan uzoq yillar davomida Ozarbayjon Respublikasiga qarshi olib borilgan etnik tozalash va tajovuz siyosatining tarkibiy qismi bo‘lgan. Qirg‘in vaqtida 613 nafar kishi, jumladan 106 nafar ayol, 63 nafar bola va 70 nafar keksalar o‘ldirilgan, turli yoshdagi 1 000 nafar tinch aholi o‘q jarohatlari natijasida nogiron bo‘lib qolgan.

custom img

Epshteyn fayllarida Trampga aloqador hujjatlar yo‘qolgan — CNN

Yo‘qolgan hujjatlar orasida Trampni jinsiy tajovuzda ayblovchi guvoh bilan bog‘liq 3 ta intervyular bo‘lgan.

custom img

AQSh Isroilga F-22 qiruvchi samolyotlarini joylashtirmoqda

Dastlab 12 ta samolyot yuborilgan, ammo ulardan biri texnik nosozlik sababli qaytib kelgan.

custom img

Urush meni “do‘stlari yo‘q inson”ga aylantirdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti urush sharoitida faqat muhim va strategik masalalarga eʼtibor qaratishga majbur bo‘lganini taʼkidladi.

custom img

Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi

U Epshteyn bilan vaqt o‘tkazish katta xato bo‘lganini aytgan.

custom img

Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadro kuchlari dasturi rahbari etib tayinladi — The Chosun Daily

U strategik qurollar bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etib, generallardan hisobotlar qabul qilmoqda

custom img

Ukrainani tiklash salkam 600 mlrd dollarga tushadi

Mablag‘ning ko‘p qismi urushdan keyingi davrda transport sohasini tiklashga yo‘naltiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"