Siyosat

Mirziyoyev Turkiya Vitse-prezidentini mukofotladi

Davlat rahbari Turkiya Prezidenti Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mirziyoyev Turkiya Vitse-prezidentini mukofotladi

 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 mart kuni Anqara shahriga kelgach, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazdi

 

Davlat rahbari Turkiya yetakchisiga ushbu mamlakatning janubi-sharqiy muzofotlarida o‘tgan oyda ro‘y bergan vayronkor zilzilalar munosabati bilan shaxsan chuqur hamdardlik bildirdi. Jabr ko‘rgan muzofotlarni qayta tiklash va yangi infratuzilmani barpo etish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

 

Turkiya prezidenti, o‘z navbatida, O‘zbekiston prezidenti va xalqiga tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda ko‘rsatgan birodarlik yordami, qutqaruv ishlaridagi faol ishtiroki va jabrlanganlarga insonparvarlik ko‘magi uchun yana bir bor samimiy minnatdorlik bildirdi.

 

Turkiy davlatlar tashkilotining 16 mart kuni o‘tadigan favqulodda sammiti tashkilotdagi mamlakatlar o‘rtasidagi hamjihatlik va birodarlik rishtalarining yorqin ifodasi bo‘lishiga ishonch bildirildi.

 

Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining rivojlanish sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

O‘zaro savdo hajmi ortmoqda, o‘tgan yili 370 ta yangi korxona tashkil etildi. Keyingi olti yilda Turkiyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga investisiyalari hajmi 3,5 milliard dollarni tashkil etdi. Energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, yengil sanoat va boshqa sohalarda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi, shu jumladan Strategik sheriklik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Yakunda Turkiya Vise-prezidenti Fuat Oktay O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli munosabatlarni har tomonlama rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"