Jahon

Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 35 400 kishidan oshdi

Jabrlanganlarning 13 ming 208 nafari shifoxonalarda davolanmoqda.

Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 35 400 kishidan oshdi

 

Turkiya janubida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 35 418 nafarga yetdi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an respublika Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha o‘z murojaatida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Anadolu agentligi.


Yig‘ilish Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Anqaradagi bosh qarorgohida bo‘lib o‘tdi.

 

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlarning 13 ming 208 nafari shifoxonalarda davolanmoqda.

 

Turkiya rahbari, shuningdek, dunyoning turli burchaklaridan kelgan mutaxassislar Turkiyadagi zilzilani «o‘zgacha tabiat hodisasi» deb ataganini eslatib o‘tdi.

 

Prezident Erdog‘anning ma’lum qilishicha, tabiiy ofat hududida qidiruv-qutqaruv va boshqa ishlarga 250 mingga yaqin davlat xizmatchisi jalb qilingan.

 

Uning qayd etishicha, zilziladan vayron bo‘lgan hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlari omon qolganlar vayronalar ostidan olib chiqilgunga qadar davom etadi.

 

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, kelasi oy Turkiya hukumati zilzila qurbonlari uchun 30 mingta uy qurishni boshlaydi. Hozirda 1,6 million kishi boshpanaga muhtoj.

 

«Tabiy ofat sodir bo‘lgan hududda 175 ming chodir va 5 ming 400 konteyner tipidagi uylar o‘rnatildi», — dedi Erdog‘an.

custom img

Epshteyn fayllarida Trampga aloqador hujjatlar yo‘qolgan — CNN

Yo‘qolgan hujjatlar orasida Trampni jinsiy tajovuzda ayblovchi guvoh bilan bog‘liq 3 ta intervyular bo‘lgan.

custom img

AQSh Isroilga F-22 qiruvchi samolyotlarini joylashtirmoqda

Dastlab 12 ta samolyot yuborilgan, ammo ulardan biri texnik nosozlik sababli qaytib kelgan.

custom img

Urush meni “do‘stlari yo‘q inson”ga aylantirdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti urush sharoitida faqat muhim va strategik masalalarga eʼtibor qaratishga majbur bo‘lganini taʼkidladi.

custom img

Bill Geyts Epshteyn bilan aloqalari uchun uzr so‘radi

U Epshteyn bilan vaqt o‘tkazish katta xato bo‘lganini aytgan.

custom img

Kim Chen In 13 yoshli qizini KXDR yadro kuchlari dasturi rahbari etib tayinladi — The Chosun Daily

U strategik qurollar bilan bog‘liq jarayonlarda faol ishtirok etib, generallardan hisobotlar qabul qilmoqda

custom img

Ukrainani tiklash salkam 600 mlrd dollarga tushadi

Mablag‘ning ko‘p qismi urushdan keyingi davrda transport sohasini tiklashga yo‘naltiriladi.

custom img

Sadir Japarov bosh vazir o‘rinbosari va sog‘liqni saqlash vazirini lavozimidan ozod qildi

Qirg‘iziston hukumatida yana kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.

custom img

Pavel Durov terrorizmga yordam berganlikda ayblanmoqda — OAV

2022 yildan buyon Telegram messenjer bilan bog‘liq 153 mingdan ortiq jinoyat qayd etilgan bo‘lib, ularning 33 mingtasi terroristik va ekstremistik xususiyatga ega.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"