O'zbekiston

Sobiq madaniyat vaziri vafot etdi

Marhum Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, senator vazifalarida ham faoliyat yuritgan.

Sobiq madaniyat vaziri vafot etdi

 

Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, senator Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi.

 

Baxtiyor Sayfullayev 1951-yil 1-aprel kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan.

 

U O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini tamomlagan, 2002-2005-yillarda shu institutga rektorlik qilgan.

 

2005-yildan O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2012-yildan O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori lavozimida ishlay boshlagan, 2017-yil avgustida esa O‘zbekiston madaniyat vaziri etib tayinlangan.

 

2020-yilning 18-yanvarida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan senator etib tayinlangan, 20-yanvar kuni yangi tarkibdagi Senatning ilk yalpi majlisida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi etib saylangandi.

custom img

O‘rta Chirchiqda 4 kishi halok bo‘lgan yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Hodisa yuzasidan Favqulodda vaziyatlar, elektr tarmoqlari va gaz ta’minoti xodimlari faoliyati yuzasidan xizmat tekshiruvi boshlangan.

custom img

Javohir Sindarov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi

O‘zbekistonlik grossmeyster Kiprda o‘tgan Nomzodlar turnirida rekord natijalar qayd etib, muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

custom img

Humans asoschisi Vladimir Dobrinin xalqaro qidiruvga berildi

Unga nisbatan qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni noqonuniy tashkil etish hamda pul yuvish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

“Ravshan Zolotoy” nomi bilan tanilgan shaxs xalqaro qidiruvga berildi

Ravshan Muhitdinov mulkni qasddan yo‘q qilish yoki shikastlash, jinoiy uyushma tashkil etish hamda bezorilik bilan ayblanmoqda

custom img

“O‘zmetkombinat” sobiq rahbari Dilshod Ahmedov xalqaro qidiruvga berildi

Unga o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

custom img

Namangandagi tibbiyot muassasalarida iste’molchilardan 300 million so‘m asossiz olingan

Narxnomada ko‘rsatilgan, ammo amalda ishlatilmagan materiallar uchun ham fuqarolardan to‘lov undirilgan.

custom img

Andijonda ayol eriga noto‘g‘ri ukol qilib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qayd etilishicha, jalaquduqlik ayol tibbiyot kollejini qizil diplomga tamomlab, oila aʼzolariga tibbiy muolajalar ko‘rsatib kelgan. Shamollagan turmush o‘rtog‘iga antibiotik qo‘llaganidan keyin uning tili orqaga ketib qolgan.

custom img

Berlinda ilk bor O‘zbekiston–Germaniya kasbiy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Germaniyadagi ish beruvchilar bilan bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Sobiq madaniyat vaziri vafot etdi