Benzin biznesi yoxud osmondan tushgan narxlar

"Akalar AI-80 benzin falon “zapravka”da 5 700, ammo rosa “probka”, undan sal teparoqda esa 6 000, mashinalar unchalik ko‘p emas..."

Benzin biznesi yoxud osmondan tushgan narxlar

 

"Akalar AI-80 benzin falon “zapravka”da 5 700, ammo rosa “probka”, undan sal teparoqda esa 6 000, mashinalar unchalik ko‘p emas..."

 

So‘nggi kunlarda poytaxt va viloyatlararo qatnaydigan haydovchilarning telegram gruppalari mana shu mazmundagi xabarlar bilan to‘lmoqda. Avtomobil haydaydigan har qanday odam so‘nggi paytlarda avtomobillarga yoqilg‘i qo‘yish shoxobchalaridagi turnaqator navbatlardan bezigani rost. Boz ustiga kunda-kunora internetda tarqalayotgan AYOQSHlardagi tartibsizliklar aks etgan videotasvirlar esa kishi ko‘nglini xira qiladi. Har yili yil oxirida metan vaqtincha yopilib (ochiq bo‘lsa ham turnaqator navbat yuzaga keladi) benzin “zapravka”larning oshig‘i olchi bo‘ladi. AYOQSHlarda navbatda turgan haydovchilar asabiylashishadi, baqir-chaqir qiladi, xullas, bir amallab o‘z mashinalariga yoqilg‘i quyishadi.

 

Ko‘pga yetmagan quvonch

 

2022 yilining 13 dekabrdan boshlab “O‘zbekneftgaz” shoxobchalarida AI-80 benzinning narxi 6 800 so‘mdan 5 700 so‘mga tushirildi. Bu ko‘pchilikni quvontirdi (ammo bu quvonch uzoqqa cho‘zilmadi. Benzin narxi ko‘p joylarda eski narxda, balki undan ikki baravar yuqori narxga ham sotilmoqda). “O‘zbekneftgaz” narx pasayishi hozirgi energetika inqirozi sharoitida AI-80 benzini importi va realizatsiyasi aksiz solig‘idan ozod qilingani bilan bog‘liqligini taʼkidladi. Bu borada prezidentning tegishli qarori qabul qilingan. Unda aksiz solig‘i bo‘yicha vaqtinchalik tartib 2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 martgacha davom etishi belgilangan.

 

Bundan tashqari, neft va gaz kondensati tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar qazib oluvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqaruvchilarga faqat birja orqali sotilishiga oid tartib bekor qilindi.

 

Qarorga asosan, 2023 yil 1 aprelgacha Neftgazinspeksiya va Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi tomonidan, istisno tariqasida, Biznes-ombudsman bilan kelishmasdan tadbirkorlik subyektlarini energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlari bo‘yicha tekshirishga ruxsat berildi (ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralashmagan holda).

 

Benzin narxini asossiz oshirgan 109 ta “zapravka” aniqlandi

 

Energetika vazirligi maxsus ishchi guruhi tomonidan tadbirkorlik subyektlariga tegishli 109 ta xususiy AYOQSHlarda benzin narxini asossiz ravishda oshirib sotish, kamomadga yo‘l qo‘yish, sifatsiz mahsulot tarqatish va kam quyish holatlari aniqlandi.

 

Ularga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etguniga qadar birja savdolari orqali AI-80 rusumli benzin xarid qilishga cheklovlar o‘rnatildi va nazoratga olindi.

 

Yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilish holatlariga huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan huquqiy baho berilmoqda.

 

Bundan tashqari, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda respublika bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan holda monitoring ishlari olib borilayotgani, benzin narxining asossiz oshib ketmasligi va aholiga sifatli benzin mahsulotlarini uzluksiz yetkazib berish maqsadida barcha hududlarda ishchi guruh faoliyat ko‘rsatayotganini maʼlum qildi.

 

1 litr benzinning tannarx 5 700, biroq chayqovchilarda 15 000 so‘mgacha

 

Bir tanishim aytib qoldi: bozorda kiyim-kechak sotadigan jiyani do‘konini vaqtincha yopib, shu kunlarda tanishlarini ishga solib benzin biznesi bilan shug‘ullanayotgan ekan. Avval 1 litr benzinni 9 ming, keyin 13 ming, ayni kunlarda esa talab yuqori bo‘lgani uchun 15 ming so‘mdan sotayotganini ham qo‘shimcha qildi. Ochig‘i, uning bu gaplaridan hayratdan yoqa ushladim. Qassobga yog‘ qayg‘u, echkiga jon qayg‘u deganlari shu bo‘lsa kerakda.

 

Har narsada meʼyor bo‘lgani yaxshi. Ayrim shaxslarning ochko‘zligi, bepisandligi, tanish-bilishining “kuchliligi” yoki shu Vatanga daxldorlik hisi yo‘qligidanmi, aholi qiynalaveradi. Kunni tunga, tunni tongga ulab umrining bir qismini sovuq kunlar qo‘ynida “zapravka”larda navbat kutish bilan o‘tkazadi. O‘ylaymizki, maxsus tuzilgan shtablar o‘z ishini bundan keyin ham sidqidildan olib borishadi va tez orada respublikamizning barcha hududlarida yoqilg‘i tanqisligi muammosiga barham beriladi.

custom img

“Xalqlar do‘stligi saroyi” hududidagi reklama bannerlari olib tashlandi

Mazkur madaniy meros obyektida reklama bannerlari hech qanday ruxsatsiz, o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgani aniqlangan.

custom img

Putinga istalgan mamlakatga hujum qilish vakolati berildi

Davlat Dumasi prezidentga rossiyaliklar ta’qibga uchrayotgan mamlakatlarga qo‘shin kiritish vakolatini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.

custom img

Prezident Madaniyat va san’at xodimlari kuni bilan soha xodimlariga tabrik yo‘lladi

Shavkat MIrziyoyev el-yurtga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan san’at ustalari va yosh ijrochilarga, barcha soha xodimlariga fidokorona mehnati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

custom img

Qirg‘izistonda rus tilidagi qishloqlar nomi o‘zgartiriladi — Sadir Japarov

Mazkur jarayonni 2027-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

Tarixiy g’alaba: Javohir Sindarov muddatidan avval g‘alaba qozondi

20 yoshli Sindarov jahon chempioni unvoni uchun kechadigan bahsda Dommaraju Gukeshga qarshi o‘ynaydi.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"