O'zbekiston

"Toshkent issiqlik markazi" davlat unitar korxonasi MCHJga aylantirildi

"Issiqlik elektr stansiyalari" AJga Toshkent shahrida aholiga va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari uchun o‘z vaqtida sifatli issiqlik energiyasini uzatish vazifasi yuklatildi.

"Toshkent issiqlik markazi" davlat unitar korxonasi MCHJga aylantirildi

 

Hukumat qarori bilan “Toshkent issiqlik markazi” davlat unitar korxonasi masʼuliyati cheklangan jamiyatga (MCHJ) aylantiriladi. Tegishli qaror 13 yanvar kuni qabul qilingan.

 

2023 yil 1 fevralga qadar Jamiyat ustav kapitalidagi ulushni qoldiq (balans) qiymatda "Issiqlik elektr stansiyalari" AJga uning ustav fondidagi davlat ulushini oshirish hisobiga beriladi.

 

Jamiyat "Toshkent issiqlik markazi" DUKning shartnomalari, huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.U Toshkent shahrida aholiga va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlari uchun o‘z vaqtida sifatli issiqlik energiyasini uzatish vazifasini hal qiladi.

 

1 martga qadar qozonxonalarni DXSH asosida, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

 

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Energetika vazirligi 2023 yil 1 aprelga qadar respublikadagi issiqlik markazlari faoliyatini o‘rganib chiqib, issiqlik markazlarini 2023 yil 1 iyundan boshlab bosqichma-bosqich "Issiqlik elektr stansiyalari" AJga berish, issiqlik uzatish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va ularni keyinchalik ekspluatatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi.

custom img

Saida Mirziyoyeva BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi vakili bilan uchrashdi

Bo Matiasen bilan narkotahdidlar, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishlarida hamkorlik masalasi muhokama qilindi.

custom img

Jizzaxda jarimasi bor mashinalarga qarshi reyd boshlandi

Tadbirlar davomida 197 ta qidiruvdagi mashinalar topilgan.

custom img

Qo‘qonda MIB orqali 4 yoshli bola onasiga qaytarildi

Shu tariqa ijro hujjati amalda tamomlangan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST bosh direktori bilan uchrashdi

Muloqotda O‘zbekiston va JSST o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Media haftalikning navbatdagi bosqichi Qashqadaryoda boshlandi

Besh kun davom etadigan tadbir ishtirokchilar uchun intensiv dastur asosida tashkil etilgan.

custom img

Bolgariya va Isroilga ishga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Fuqarolardan Bolgariyaga yuborish uchun 3 ming dollar, Isroilga yuborish uchun 20 ming dollar so‘ralgan.

custom img

Samarqand forumida narkotahdidlarga qarshi zamonaviy texnologiyalar namoyish etildi

Narkotrafik va transmilliy jinoyatchilikni kuzatish uchun yagona sun’iy intellekt platformasini yaratish tashabbusi ilgari surildi.

custom img

O‘zbekistonda nogiron bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar soliqlardan ozod etiladi

Ushbu chora 2030-yil 1-yanvargacha amal qiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"