Iqtisodiyot

Yil boshidan buyon ishbilarmonlik faollashganmi?

Hududlar ishbilarmonlik faolligi ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.

Yil boshidan buyon ishbilarmonlik faollashganmi?

 

O‘zbekiston hududlarida ishbilarmonlik faolligi tahlili har oyda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan tezkor maʼlumotlar asosida (respublikaning barcha sohalari bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring, Davlat bojxona qo‘mitasi, DSQ, MB va O‘zRXTB) hisoblab chiqiladi.

 

Monitoring natijalari shuni ko‘rsatdiki, joriy yilning 1 yanvaridan 30 noyabrigacha bo‘lgan davrda respublika soliq tushumlari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,2%ga oshgan.

 

Jumladan, Farg‘ona (34,2%), Samarqand (34,0%), Buxoro (32,6%), Jizzax (31,7%), Sirdaryo (29,6%) viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida (31,9%) va Toshkent shahrida (42,7%) soliq tushumlarining sezilarli o‘sishi qayd etildi.

 

Byudjetga soliq tushumlarining o‘sishi barqaror tendensiyani saqlab kelmoqda.

 

Tahlillarga ko‘ra, joriy yilning 11 oyi davomida soliq tushumlarining o‘sishiga: qo‘shilgan qiymat solig‘i (32,6%) va aylanmada olinadigan soliq (44,4%) katta taʼsir ko‘rsatdi. Shuningdek, yil boshidan buyon tashkilotlar tomonidan to‘langan daromad solig‘i 53,8%ga ko‘paydi.

 

Shu bilan birga, soliq tushumlarining o‘sishiga yangi tadbirkorlik subyektlarining 2021 yilning shu davriga nisbatan 14,4%ga ko‘payishi taʼsir ko‘rsatdi.

 

Shunday qilib, yil boshidan buyon 82 mingdan ortiq yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlari tashkil etildi, ularning eng ko‘pi Samarqand (9 332), Farg‘ona (7 951), Qashqadaryo (7 470), Toshkent (6 325), Xorazm (5 240) viloyatlarida va Toshkent (14 408) shahrida ro‘yxatga olingan.

 

Tahlil qilinayotgan davrda bojxona to‘lovlari bo‘yicha tushumlar 2021 yilning shu davriga nisbatan 38,6%ga oshdi. Bojxona tushumlarining eng katta o‘sishi Andijon (60,7%), Jizzax (55,1%), Sirdaryo (46,7%), Farg‘ona (41,0%) viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (41,3%) va Toshkent shahrida (42,9%) kuzatildi.

 

Umuman olganda, bojxona to‘lovlaridan tushadigan daromadlarning oshishiga 2022 yil yanvar-noyabr oylarida import hajmining o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19,7%ga o‘sishi taʼsir ko‘rsatgan asosiy omil bo‘ldi.

 

Davlat bojxona qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, joriy yil boshidan 30 noyabrga qadar tovarlar eksporti hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,4%ga oshgan. Eksportning sezilarli o‘sishi Sirdaryo (40,4%), Andijon (38,5%), Navoiy (27,1%), Namangan (25,9%), Samarqand (25,6%) viloyatlarida va Toshkent (40,5%) shahrida kuzatildi.

 

O‘zbekistonda tovarlar eksportining o‘sishi sanoat mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, kimyoviy moddalar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportining o‘sish surʼatlari oshgani bilan izohlanadi.

 

Eksportning kamayishi Surxondaryo (-21,0%), Buxoro (-3,4%), Jizzax (-2,9%) viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (-12,0%) kuzatildi.

 

Tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi yil boshidan buyon o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,7%ga oshdi.

 

Kreditlar berish hajmi Farg‘ona (28,9%), Samarqand (23,6%), Toshkent (22,4%), Andijon (10,0%) viloyatlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (20,7%) va Toshkent (12,7%) shahrida sezilarli darajada oshgani qayd etildi.

 

Tahlil qilinayotgan davrda O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasida amalga oshirilgan bitimlar hajmi 37,8%ga o‘sdi. Birja faoliyatining sezilarli o‘sishi Xorazm (56,4%), Jizzax (49,3%), Samarqand (46,2%), Navoiy (43,6%) viloyatlarida va Toshkent (46,9%) shahrida kuzatildi.

 

Ushbu hududlarda tuzilgan bitimlar hajmining o‘sishi mineral o‘g‘itlar, texnik chigit, avtomobil benzini, dizel yoqilg‘isi, qurilish va xo‘jalik materiallari, o‘simlik yog‘i, bug‘doy uni, bug‘doy, shakar, paxta tolasi, qora va rangli metallar, polietilen, polipropilen, etil spirti va boshqa mahsulotlar savdosining ko‘payishi hisobidan erishilgan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Ben Blek bilan uchrashdi

Muloqot davomida yirik loyihalar portfeli muhokama qilindi.

custom img

Vashingtonda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi ish boshladi

Saida Mirziyoyeva Serjio Gor bilan anglashuv memorandumini imzoladi.

custom img

O‘zbekiston hukumati kimdan qancha qarz?

O‘zbekiston davlat qarzi 2025 yil davomida 6,6 mlrd dollarga oshib, 46,8 milliard AQSH dollardan oshdi. Davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 31,9 foizga qisqardi. Tashqi qarzning teng yarmi byudjet taqchilligini moliyalashtirishga saflangan. Bir qarashda bu raqam vahimali ko‘rinadi. Odamlar orasida va ijtimoiy tarmoqlarda mamlakat qarzga botgani yoki Xitoyning “qarz tuzog‘iga” tushib qolgani haqidagi xavotirlar tez-tez quloqqa chalinadi. Ammo bu raqamlarga his-hayajon bilan emas, balki qatʼiy iqtisodiy nuqtayi nazardan qarasak, manzara butunlay boshqacha ekanini ko‘ramiz.

custom img

Kumush narxi tarixiy rekord darajada ko‘tarildi

Kumush narxining keskin ko‘tarilishi investorlarning qimmatbaho metallarga bo‘lgan qiziqishi kuchaygani bilan izohlanmoqda.

custom img

Dollar o‘smoqda, ammo qadrsizlanmoqda

Noyabr oyida Oʻzbekistonga kirib kelayotgan xorijiy pul o'tkazmalari qariyb 400 mln dollarga qisqargan.

custom img

Tojikiston O‘zbekistondan elektr energiyasi olishni boshladi

Tojikiston 2026 yil birinchi choragida Markaziy Osiyo Birlashtirilgan energetika tizimiga to‘liq o‘tilishi kutilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Kaspiy dengizi orqali yuk tashish imkoniyatlarini kengaytiradi

O‘zbekiston dengiz orqali yuk tashish uchun Ozarbayjon va Turkmanistondan parom kemalarini xarid qilishni rejalashtirmoqda.

custom img

O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi

Dollar indeksi so‘nggi uch yil ichidagi eng past darajaga tushgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"