Jahon

Zelenskiy Maskka: Keling va o‘z ko‘zingiz bilan Rossiya ishlariga guvoh bo‘ling

Ukraina Prezidenti Tesla rahbarini mamlakatga taklif qildi.

Zelenskiy Maskka: Keling va o‘z ko‘zingiz bilan Rossiya ishlariga guvoh bo‘ling

 

Vladimir Zelenskiy Ilon Maskni Ukrainaga taklif qildi. Bu haqda u The New York Times DealBook Summit konferensiyasidagi chiqishida maʼlum qilgan

 

"Agar Rossiya Ukrainada nima qilganini anglamoqchi bo‘lsangiz, bu yerga keling va hammasini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rasiz. Shundan keyin urushni qanday va qachon tugatish kerakligini aytasiz", — degan Ukraina yetakchisi Maskka qarata.

 

Oktyabr boshida milliarder qurolli mojaroni tugatish bo‘yicha o‘z rejasini taklif etgandi. Unga ko‘ra, Rossiya egallab olgan hududlarda referendum o‘tkazilishi, Qrim RF tarkibida qolishi, Ukraina neytral davlat bo‘lib qolishi nazarda tutilgandi. Aks holda Mask yadro urushi boshlanishidan ogohlantirgan. Bu reja ukrain hukumatining keskin noroziligiga sabab bo‘lgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"