Jahon

AQSH bilan muzokaralardan so‘ng Zelenskiy tinchlik o‘rnatish shartlarini aytdi

Ular orasida Putinni chetlashtirish sharti yo‘q.

AQSH bilan muzokaralardan so‘ng Zelenskiy tinchlik o‘rnatish shartlarini aytdi

 

Politico nashrining yozishicha, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH hukumati bilan muzokaradan so‘ng Rossiya bilan tinchlik istiqbollariga nisbatan pozitsiyasini yumshatdi.

 

U o‘z chiqishida Rossiya bilan tinchlikka erishish uchun 5 ta asosiy shartni sanab o‘tdi:

 

  • Ukrainaning hududiy yaxlitligini tiklash;
     

  • BMT ustaviga hurmat;
     

  • Urush vaqtida yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya to‘lash;
     

  • Jinoyatda aybdorlarni jazolash;
     

  • Urush takrorlanmasligiga kafolat berish.

 

Shuningdek, Zelenskiy Moskva bilan muzokaralar Putin hukumatdan chetlashtirilganidagina o‘tkazilishi haqida gapirmadi.

 

Politico mualliflari bu o‘zgarish Kiyev va Vashington o‘rtasida bir necha kun avval bo‘lib o‘tgan muzokara natijasi ekanini yozmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"