Siyosat

Shavkat Mirziyoyevga Faxriy professor unvoni topshirildi

Prezidentning Turkmanistonga tashrifi davom etmoqda.

Shavkat Mirziyoyevga Faxriy professor unvoni topshirildi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga rasmiy tashrifi ikki xalq o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik, o‘zaro hurmat va anglashuvni ifoda etuvchi tadbirlar bilan davom etmoqda.

 

Davlat rahbari Turkmaniston xalqiga ehtirom sifatida “Halk hakydasy” (“Xalq xotirasi”) yodgorlik majmuasida gul qo‘ydi, o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Katta qiziqish bilan shu yerdagi muzey bilan tanishib, Faxriy mehmonlar kitobida qayd qoldirdi.

 

Mahtumquli nomidagi Turkmaniston davlat universitetida Prezidentga tantanali ravishda Faxriy professor unvoni  topshirildi. Shavkat Mirziyov buning uchun minnatdorlik bildirib, ta’lim va tarbiyaning ahamiyati, yurtimizda bu borada olib borilayotgan islohotlar haqida qisqa nutq so‘zladi.

 

Toshkentda ochilgan “Ashxobod” bog‘iga javoban Turkmaniston poytaxtida “Toshkent” bog‘ining ochilishi haqiqiy bayramga aylanib ketdi. Shu yerda davlat rahbarlari o‘ziga xos ob’yekt - Xorazm va Toshovuz viloyatlarining tutash hududida Chegeraoldi savdo zonasining qurilishiga start berdilar.

 

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"