Siyosat

Mirziyoyev: 14 nafar tuman hokimi ishdan bo‘shadi

Qashqadaryo viloyat hokimi Murodjon Azimov esa hayfsan oldi.

Mirziyoyev: 14 nafar tuman hokimi ishdan bo‘shadi

 

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi

 

Yig‘ilish avvalida Davlat rahbari bu yili turizm uchun pandemiyadan keyin qayta tiklanish davri boshlanganini taʼkidladi. Jumladan:

 

— sentabrgacha bo‘lgan davrda yurtimizga kelgan xorijiy turistlar soni 2021 yilga nisbatan 3 baravarga ko‘paydi va 3,1 million nafarni tashkil etdi;

— yil boshidan turizm eksporti hajmi 926 million dollar bo‘ldi (2019 yil davomida 951 million dollar bo‘lgan);

— yurtimizga kelgan mehmonlarning sayohati o‘rtacha 4-5 kungacha, sarflagan mablag‘i 305 dollargacha ko‘paydi (bu 2019 yilda o‘rtacha 3 kunni tashkil etib, ular 195 dollar sarflagan);

 

Ichki sayohat qiluvchilar soni ham o‘tgan yilga nisbatan 3,5 baravarga o‘sib, 7,5 million nafarni tashkil qildi.

 

Turizmda topilgan daromadning 30 foizi odamlarning qo‘liga ish haqi bo‘lib borishi, sanoatda va boshqa tarmoqlarda bu 10 foizdan oshmasligi ko‘rsatib o‘tildi. Turizm sohasida yaratilgan bitta ish o‘rni turdosh tarmoqlarda qo‘shimcha ikkita ish o‘rni paydo bo‘lishiga turtki beradi.

Buni tushungan viloyat, tuman va shahar hokimlari tadbirkorlar bilan ishlab, sayyohlar keladigan joylarni ko‘paytirayapti.

 

Ayrim viloyat, tuman va shaharlar natijalari yaxshi emas

 

Yig‘ilishda taʼkidlanganidek, yil boshidan Samarqand – 900 ming, Farg‘ona – 850 ming, Andijon – 650 ming ichki sayyohlarni qabul qilib, bu borada peshqadam bo‘ldi.

 

Lekin, ayrim viloyat, tuman va shaharlar natijalari yaxshi emas. Sirdaryoga – 151 ming, Navoiyga – 262 ming, Jizzaxga – 275 ming ichki sayyoh tashrif buyurib, bu ularning salohiyatidan ancha kam bo‘ldi.

 

Chetdan kelgan turistlar uchun ko‘rsatilgan xizmatlar Qashqadaryoda juda past bo‘lib, Shahrisabz, Yakkabog‘, Qamashi, Kasbi tumanlarida turizm xizmatlari umuman ko‘rsatilmagan.

 

Shu bilan birga, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Namangan va Surxondaryoda ham xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatishdan tushumlar qolgan hududlardan ancha orqada.

 

Ayniqsa, Sherobod, Oltinsoy, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Arnasoy, Karmana, Urgut, Guliston, Yangiyo‘l, Xiva tumanlarida turizm xizmatlari umuman ko‘rsatilmagan.

 

Ishlarni yetarli darajada tashkil etmagani uchun:

 

— Qashqadaryo viloyati hokimi M.Azimovga hayfsan berildi;

— Shahrisabz, Yakkabog‘, Qamashi, Kasbi, Kosonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Arnasoy, Karmana, Urgut, Sherobod, Oltinsoy, Guliston, Yangiyo‘l, Xiva tumanlari hokimlari bugun ishdan olinib, o‘zgarish qilish uchun ularga uch oy sinov muddati beriladi.

 

Bundan buyon viloyat, tuman va shahar hokimlari haftasiga bir marta turoperator, mehmonxona va dam olish maskanlari vakillari bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilib boradigan tizim joriy qilinadi.

 

So‘nggi yillarda turizm sohasi oldidagi 11 ta katta muammolardan 6 tasi hal qilindi

 

Xususan:

1) Sayyohlarga viza berish keskin liberallashtirildi.

2) Aeroportlarda navbatlar va tekshirishlarga barham berildi, yashil yo‘laklar qilindi, vokzallarda ham qulay sharoitlar yaratildi.

3) Mehmonlar elektron ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bo‘ldi, ular erkin harakatlanishi uchun hamma sharoitlar yaratildi.

4) Valyuta ayirboshlashga cheklovlar bekor qilindi.

5) Mehmon o‘rinlari soni 3 barobarga ko‘payib, 125 mingtaga yetdi (2017 yilda 37 mingta edi).

6) turistik korxonalar uchun ijtimoiy soliq va aylanma soliq stavkalari 1 foiz etib belgilandi, yer solig‘i va mol-mulk soliq stavkalari 90 foizga kamaytirildi.

 

Yig‘ilish davom etmoqda.

custom img

Toqayev Qozog'istonga yetib borgach, Mirziyoyevga maktub yo'lladi

Qozog‘iston yetakchisi Buxoro shahriga amaliy tashrifi chog‘ida ko‘rsatgan alohida mehmondo‘stlik va samimiyat uchun Shavkat Mirziyoyevga chin dildan minnatdorlik bildirgan.

custom img

Toqayevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

Tadbir yakunlangach, oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kuzatib qo‘ydi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroning tarixiy merosi bilan tanishdilar

Tashrif davomida Prezidentlarga tarixiy yodgorliklar va hunarmandchilik namunalari namoyish etildi.

custom img

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari sunʼiy intellekt boʻyicha xakatonda ishtirok etdi

Buxorodagi AI xakatonda davlat rahbarlariga sunʼiy intellekt asosidagi innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi.

custom img

Qozog‘iston Prezidentiga noyob arxiv materiallarining nusxalari hadya qilindi

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev Buxoro viloyati hokimligi situatsion markazi faoliyati bilan tanishdi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Buxoroda muzokara o‘tkazdi

Muzokarada tomonlar yirik mintaqaviy loyihalarni jadallashtirish va “yashil” energiya eksporti bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish masalalarini ham muhokama qildi.

custom img

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Tashrif davomida Qur’on oyatlari tilovat qilinib, qardosh xalqlarga tinchlik va farovonlik tilab, duo o‘qildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Buxoroda kutib oldi

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari ikki tomonlama muzokara o‘tkazadi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"