Jahon

Ramzan Qodirov lavozimidan ketishi haqidagi gap-so'zlarga oydinlik kiritdi

Checheniston rahbari “cheksiz ta’til”ga ketish niyatida emas.

Ramzan Qodirov lavozimidan ketishi haqidagi gap-so'zlarga oydinlik kiritdi

 

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov respublika rahbari lavozimini tark etish niyatida emasligini va yaqin orada “cheksiz ta’til”ga chiqmasligini aytdi. 

 

“Albatta, bunday ketishga haqqim yo‘q, xalq menga rahbarlikni ishonib topshirgan, bu ishonchni oqlash mening muqaddas burchimdir", - degan u.

 

Shanba kuni Qodirov ijtimoiy tarmoqlarda Checheniston rahbari sifatida “juda uzoq vaqt qolgani” va “cheksiz” ta’tilga loyiq ekanligini aytgani ortidan turli gap-so'zlar tarqalgan edi. 4-sentabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Qodirovning Chechenistonni boshqarishda davom etishi tarafdori ekanini aytgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Ramzan Qodirov lavozimidan ketishi haqidagi gap-so'zlarga oydinlik kiritdi