Jahon

Kobulda yana portlash: terakt xorijiy davlat elchixonasi yaqinida sodir bo‘ldi

Bu haqda "Sputnik Afganistan" xabar berdi.

Kobulda yana portlash: terakt xorijiy davlat elchixonasi yaqinida sodir bo‘ldi

 

Kobuldagi Rossiya elchixonasi yaqinida terakt sodir bo‘ldi.

 

Portlash elchixona qarshisidagi xiyobonda amalga oshirilgani aytilmoqda. U Rossiya konsullik bo‘limiga yaqin joylashgan. Diplomatik korpus vakillari orasida jabrlanganlar haqida maʼlumot yo‘q. Turli maʼlumotlarga ko‘ra, 20 kishi portlash qurboniga aylangan.

 

Terakt elchixona xodimi viza kutayotganlar ro‘yxatini o‘qish uchun tashqariga chiqqanda sodir bo‘lgan. Shaharda xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"