O'zbekiston

Zangiota shifoxonasi shunchaki kelib, koronavirusga test topshirib ketadigan muassasa emas—mutaxassis

Shifoxona xodimlari fuqarolarda kasallik alomati sezilsa, o‘z hududidagi tibbiyot punktiga murojaat qilishini aytmoqda.

Zangiota shifoxonasi shunchaki kelib, koronavirusga test topshirib ketadigan muassasa emas—mutaxassis

 

Ijtimoiy tarmoqda so‘nggi kunlarda Zangiota yukumli kasalliklar shifoxonasida koronavirusga chalingan bemorlar soni keskin ortgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Mutaxassilar kasalxonadagi vaziyat bo‘yicha ma’lumot berdi. 


Aayni paytda 4000 o‘ringa mo‘ljallangan Zangiota 1 va 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus tashxisi qo‘yilgan va kasallikka gumonlangan 900 nafarga yaqin bemor davolanmoqda. 93 nafar bemor esa jonlantirish bo‘limida davo muolajalarini olyapti. Kasallanishlar soni oshgan bo‘lsa-da, bugun shifoxonaga yotqizilayotgan aksariyat bemorlarda o‘pka zararlanishi, saturasiyaning pasayishi kabi jiddiy asoratlar kuzatilayotgani yo‘q. 


“O‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslasak, bemorlar soni juda past. Ayni paytda muassasamizga murojaat qilayotgan va gospitalizasiyaga ko‘rsatma bo‘lgan bemorlarning barchasi shifoxonaga yotqizilib, ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Markazimiz yetarli darajada tibbiy anjom va dori vositalari bilan ta’minlangan”, — deydi shifoxona direktori o‘rinbosari Hilola Alimova.


Mutaxassis fuqarolardan o‘zlarida kasallik alomatlarini sezsa, Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga emas, avvalo, yashash hududidagi oilaviy poliklinika yoki oilaviy shifokor punktiga hamda Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tuman bo‘limlariga murojat qilishini iltimos qilgan.


“Sababi shifoxonamiz koronavirusga test topshiradigan yoki tana haroratini o‘lchaydigan muassasa emas. Balki COVID-19ga chalingan va xastalik og‘ir hamda o‘ta og‘ir kechayotgan bemorlar davolanishi uchun mo‘ljallangan shifo maskanidir”, — deydi u.

 

custom img

Saida Mirziyoyeva BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi vakili bilan uchrashdi

Bo Matiasen bilan narkotahdidlar, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishlarida hamkorlik masalasi muhokama qilindi.

custom img

Jizzaxda jarimasi bor mashinalarga qarshi reyd boshlandi

Tadbirlar davomida 197 ta qidiruvdagi mashinalar topilgan.

custom img

Qo‘qonda MIB orqali 4 yoshli bola onasiga qaytarildi

Shu tariqa ijro hujjati amalda tamomlangan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Samarqandda JSST bosh direktori bilan uchrashdi

Muloqotda O‘zbekiston va JSST o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Media haftalikning navbatdagi bosqichi Qashqadaryoda boshlandi

Besh kun davom etadigan tadbir ishtirokchilar uchun intensiv dastur asosida tashkil etilgan.

custom img

Bolgariya va Isroilga ishga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Fuqarolardan Bolgariyaga yuborish uchun 3 ming dollar, Isroilga yuborish uchun 20 ming dollar so‘ralgan.

custom img

Samarqand forumida narkotahdidlarga qarshi zamonaviy texnologiyalar namoyish etildi

Narkotrafik va transmilliy jinoyatchilikni kuzatish uchun yagona sun’iy intellekt platformasini yaratish tashabbusi ilgari surildi.

custom img

O‘zbekistonda nogiron bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar soliqlardan ozod etiladi

Ushbu chora 2030-yil 1-yanvargacha amal qiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"